"Sho'rtan"dan antirekord

Narzulla Saydullayev
11 apr 2016, 15:55
G'uzorning "Sho'rtan" klubi oliy liganing dastlabki 4 turida 4 bor mag'lub bo'ldi.

2005 yil oliy ligaga chiqqan "Sho'rtan" klubi 11-bor oliy ligada ishtirok etmoqda. G'uzor klubi bundan oldingi mavsumlarning hech birida dastlabki 4ta o'yinning barchasida yutqazmagan edi.

Eng yomon natija birinchi yilda qayd etilgan edi. 2005 yilgi mavsumda "Sho'rtan" dastlabki 3ta o'yinda yutqazgandi. 4-turda esa durang o'ynagan edi.

"Sho'rtan" klubi 5-turni 16 aprel kuni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia