"SHo'rtan" yangi mavsumga tayyorgarlikni 17 dekabrdan boshlaydi
11 dek 2014 12:45
Yangiliklar

"SHo'rtan" yangi mavsumga tayyorgarlikni 17 dekabrdan boshlaydi
Kelasi mavsumdan yana oliy ligaga qaytgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi tayyorgarliklarni 17 dekabrdan boshlashi aniq bo'ldi.
Tayyorgarliklar rejasi hozirdan jamoa bosh murabbiyi – Muxtor Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqildi.
Rejaga ko'ra, jamoa azolari 17 dekabr kuni G'uzorda, klub bazasida yig'ilishadi. Albatta yig'inning dastlabki kunida jamoa azolari bilan o'zaro suhbat o'tkaziladi va yig'in mobaynida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratiladi.
Oliy ligada ishtirok etish jamoa azolaridan katta kuch va ishtiyoq talab etilishi hammaga ayon, shuni etiborga olgan murabbiylar shtabi jamoa tarkibi yuzasidan jiddiy o'zgarishlar qilish ustida ham bosh qotirishi turgan gap. Bu borada ularning ko'z ostiga olib quygan nomzodlar talaygina, ammo shu paytgacha jamoada faoliyat yuritib, o'zlarining yaxshi tomonlarini ko'rsata olgan o'yinchilar etibordan chetda qolishmaydi.
Tarkibdagi bo'ladigan o'zgarishlar haqida hozircha tayin bir gap aytish qiyin. Bu haqda yig'inlar mobaynida aniqlik kiritiladi. Bu haqda keyingi xabarlarimizda muxlislarga malumot berib boramiz.
Yig'inning dastlabki bosqichi 28 dekbrgacha davom ettirilib, o'yinchilarga yangi yil munosabati bilan 3 yanvargacha qisqa muddatli dam olish kunlari beriladi.
Yig'inning ikkinchi bosqichi 3 yanvardan 16 yanvargacha va uchinchi bosqichi 20 yanvardan 1 fevralgacha Toshkent shahrida davom ettiriladi. Yig'inlar orasida yana qisqa tanaffus qilinadi. Ana shu yig'inlar davrida murabbiylar shtabi oliy ligada ishtirok etuvchi bir qancha jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni ham o'z rejalariga kiritishgan. Sparring raqiblar kimlar bo'lishini keyingi xabarlarimizda malum qilamiz.
Tayyorgarliklarning so'nggi hal qiluvchi bosqichi fevral oyining 5-kunidan xorijda yani Turkiyada davom ettiriladi. SHuningdek Toshkentdagi yig'ilishlar davrida futbolchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish ham muljallangan.
Bungacha tarkib yuzasidan aniq qarorga kelinadi, yani “SHo'rtan” jamoasi safida asosan kimlar faoliyat yuritishi aniqlab olinadi.
Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, yangi mavsum tayyorgarliklarining hal qiluvchi bosqichi bo'lmish, ikki haftalik xorij yig'ini juda katta ahamiyatga ega. Ushbu yig'in mobaynida ular 5ta nazorat uchrashuvini o'tkazishni ham ko'zlab turishibdi. Raqiblar ham jiddiy klublardan tashkil topadi.
Bunda asosiy etibor o'yinchilarning nimalarga qodir ekanligiga qaratiladi. Yani ular jiddiy sinovdan o'tishadi. Ushbu nazorat uchrashuvlarini o'tkazishdan yana bir maqsad o'yinchilarda jiddiy raqiblarga nisbatan o'ziga bo'lgan ishonch ko'nikmasi ham shakllantiriladi. SHuningdek bu orqali o'yinchilar o'zlarida bo'lgan kamchilik va nuqsonlarni ham aniqlab olishadi va keyingi mashg'ulotlarda bu kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlashadi.
Murabbiylar shtabining rejalaridan ko'rinib turibdiki, “SHo'rtan” jamoasi oliy ligada shunchaki qatnashish emas balki, jiddiy maqsadlar sari kurash olib boradi. Zero, bunga klub xomiylari va rahbarlari tomonidan barcha kerakli shart-sharoitlar yaratib berilgan.
“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar