"SHo'rtan": Qodirqulov ikkinchi davrada maydonga tushadi
12 iyu 2015 10:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175130_original.jpg)
![](/upload/storage/175130_220.jpg)
"SHo'rtan": Qodirqulov ikkinchi davrada maydonga tushadi
“Oq bo'rilar” jamoasining tajribali futbolchilaridan biri Botir Qodirqulov yil boshidan buyon jarohatlar iskanjasidan qutula olmayotgan edi.
Bu borada futbolchi hatto Hindistonga ham borib keldi. Mana nihoyat uzoq vaqt davolanishlar o'z samarasini berdi. G'uzorliklar yarim himoyachisi kuni kecha mashg'ulotlarga kirishdi.
“Hozircha, Qodirqulov maxsus reja asosida yakka tartibda engil mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Asta-sekin jismoniy yuklamalarni oshirib boraveradi va albatta, tez orada batamom sog'ayib ketadi. Nasib etsa, ikkinchi davradagi o'yinlarda futbolchimiz o'z jamoasiga yordam berishiga ishonamiz. Muhimi umumiy sog'ligi tomonidan shikoyati yo'q va hammasi ko'ngildagidek kechmoqda”, - deydi “SHo'rtan” klubi shifokori Alisher Abdurahmonov.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar