So’nggi yangiliklar

13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  45 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7

"SHo'rtan" PFK rahbariyatida o'zgarish Yangiliklar

"SHo'rtan" PFK rahbariyatida o'zgarish

Kuni-kecha "SHo'rtan" professional futbol klubi rahbariyatida o'zgarish yuz berdi.

4 aprel kuni klubning bosh homiysi hisoblangan "SHo'rtanneftgaz" MCHJ majlislar zalida navbatdan tashqari kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishni ushbu kompaniya Boshqaruv raisi Xotam Mustonovich SHaripov olib bordi. Kun tartibidagi asosiy masala "SHo'rtan" PFK bosh direktorligi lavozimiga yangi mutaxassis tayinlashdan iborat bo'ldi. Xotam SHaripov mazkur masala yuzasidan nutq so'zladi hamda yig'ilganlarni majlisning asosiy maqsadi bilan atroflicha tanishtirdi va klubga yangi rahbar tayinlash xozirgi kunda kechiktirib bo'lmaydigan darajada muhimligini malum qildi.

SHu kungacha klubni boshqarib kelgan Oblayor Rasulovning sog'ligi yomonlashgani va shu munosabat bilan ushbu rahbar o'z vazifasini bajarishni to'laqonli olib borishi qiyinlashganligi sababli, O.Rasulov o'z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Uning o'rniga voha futboli muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan, o'z vaqtida "SHo'rtan" jamoasida futbolchi sifatida faoliyat ko'rsatgan, shuningdek, "SHo'rtan" jamoasi birinchi ligadan oliy ligaga chiqishida rahbar sifatida katta xissa qo'shgan SHodi Nomozov klubga yangi bosh direktor etib tayinlandi.

Ertasiga, 5 aprel kuni, "SHo'rtan" PFKning Qarshi shahridagi qarorgohida yangi bosh direktorning klub ishchi-xodimlariga, murabbiy va futbolchilarga tanishtiruv marosimi o'tkazildi. Tadbirda SHodi Nomozov so'zga chiqib, unga berilgan ishonchni oqlashga, unga yuklatilgan vazifalarni imkon qadar oliy darajada bajarishga, "SHo'rtan" jamoasini oliy ligadagi namunaviy klublar qatoriga qaytarishga bor kuchini ayamasligini izhor etdi.

Homiy tashkilot - "SHo'rtanneftgaz" MCHJ tomonidan 2016 yilgi mavsumda jamoa oldiga chempionatda kamida 7-10-o'rinlarni egallash, muxlislar uchun chiroyli va mazmunli o'yinlar namoyish etish vazifasi qo'yildi.

Ushbu masala yuzasidan so'zga chiqqan jamoaning etakchi futbolchilari - Asror Aliqulov, Igor Taran va Eldor Tojiboevlar homiylar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilishlarini takidlashdi.

O'ylaymizki, yangi rahbar - SHodi Nomozov qo'l ostida "SHo'rtan" klubi mavsumning keyingi qismini muvaffaqiyatli o'tkazadi va o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni alo darajada uddalaydi.

"SHo'rtan" PFK matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика