So’nggi yangiliklar

20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  0 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  0 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  6 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  2 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  14

“SHo'rtan” munosib taqdirlandi Yangiliklar

“SHo'rtan” munosib taqdirlandi

Kuni kecha Qarshi shahridagi “SAPFIR” restoranida futbol bo'yicha 2014 yilgi O'zbekiston birinchiligida g'olib chiqib, chempionlik va kichik oltin medallarni qo'lga kiritgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Katta bayramona dastur asosida tashkillashtirilgan kechada “Oq bo'rilar” jamoasining ushbu muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shgan barcha futbolchilar, murabbiylar guruhi, “SHo'rtan” PFK xodimlari va rahbariyati, “Markaziy G'uzor” stadioni vakillari, homiylar, tuman hokimligi, qolaversa viloyat futbol federaciyasining masullari tantanali vaziyatdan mukofotlardan bahramand bo'lishdi.



Bayram dasturxoni atrofida yig'ilganlarni dastlabki kirish so'zi bilan G'uzor tumani hokimi, tuman futbol federaciyasi prezidenti, Oliy Majlis senatori SHomurod Xolboevich Donaev tabrikladi. U o'z so'zida mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan sportga berilayotgan katta etibor va yaratilayotgan eng zamonaviy shart-sharoitlar tufayli G'uzorda ham millionlar o'yini kundan-kun ravnaq topayotganini, futbol tuman ahlining sevimli sport turilaridan biriga aylanib ulgurganini, o'tgan yillar davomida “SHo'rtan” jamoasi mamlakat futbolida o'z o'rni, mavqei, obro' etiboriga ega bo'lganligi, qolaversa Osiyo futbol Konfederaciyasi Kubogi turniridek xalqaro  musobaqalarda ham munosib ishtirok etib ulgurganini  alohida takidladi.



SHundan so'ng, so'z navbati “SHo'rtan” PFK homiylik kengashi raisi, klub prezidenti, klubning bosh homiysi “SHo'rtanneftgaz” Unitar SHo'ba korxonasi boshlig'i Hotam Mustanovich SHaripovga berildi. “Muhtaram Prezidentimizning mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasidagi chiqargan bir nechta tarixiy qarorlarini bajarish yo'lida, qolaversa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy liga klublariga homiylik ko'rstish qaroriga binoan sevimli “SHo'rtan” jamoamizga har tomonlama ham manaviy, ham moddiy tarafdan ko'mak berib kelayotganimizdan bag'oyat xursandmiz. O'z o'rnida shuni takidlamoqchimanki, biz bundan keyin ham “SHo'rtan” bilan hamisha birgalikda va o'zaro hamkorlikda faoliyat ko'rsatib boraveramiz. Mana bu yil birinchi ligada kichik oltin medallarni nishonlab turibmiz. Keyingi yili esa oliy liga bahslarining biror bir sovrinli o'rinlari va albatta, medallarini ham nishonlash nasib etishini tilab qolaman”, - dedi o'z so'zida H.SHaripov.

Sir emaski, so'ngi yillarda Qashqadaryo viloyati chin manoda o'zbek futbolining yangi markazlaridan biriga  aylanib bormoqda. Bu borada viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan uchta jamoa ichida “SHo'rtan”ning ham alohida hissasi katta. G'uzor jamoasining mamlakat chempionatidagi ishtiroki esa bir muddat ham viloyat rahbariyatining etiboridan chetda qolmayapti. Ortda qolgan 2014 yilgi futbol mavsumi ham bundan mustasno bo'lmadi.



“SHo'rtan”ning joriy yilgi O'zbekiston birinchiligidagi chempionlikni, oltin medallarni va 2015 yilgi oliy liga bahslarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Zafar SHarofovich Ro'ziev klub futbolchilari, murabbiylari, xodimlari, rahbariyat va homiylariga TASHAKKURNOMA bildirdi. Ushbu TASHAKKURNOMANI viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Norqul Murodovich Daminov o'qib eshittirdi va yig'ilganlarga tabrik so'zi bilan murojaat qildi.

Bayram kechasining eng kulminacion nuqtasi esa albatta, bu taqdirlash marosimi edi. Davraga ushbu kechaga poytaxtdan tashrif buyurgan O'zbekiston Professional futbol Ligasi etakchi xodimi Alik Xudaydatov va O'zPFL matbuot xizmati bo'lim boshlig'i, ushbu tashkilot direktor yordamchisi Grigoriy Rtveladzelar chiqishdi va 2014 yilgi O'zbekiston birinchiligi g'oliblarini taqdirlashdi. Etiboringizga O'zbekiston Professional futbol Ligasi tomonidan taqdim etilgan maxsus diplom va kichik oltin medallar, shuningdek “SHo'rtan” PFK rahbariyati tomonidan 2014 yilgi mavsumda alohida faollik ko'rsatgan klub azolariga ajratilgan qimmatbaho sovg'alarni qabul qilib olganlar ro'yxatini havola etamiz: 



Futbolchilar

Botir Qodirqulov
Aleksandr Vostrikov
Murod To'ychiboev
SHaxzod Mannonov
Husniddin G'ofurov
Islomjon Karimov
Jamshid Hoshimov
Roman Abdulov
Araik Babaev
Jamol Otaqulov
Yusuf Bo'riev
G'ulomhaydar G'ulomov
SHaxzod Xursanov
SHavkat Nasibullaev
Maqsudjon Mahmudov
Qahramon Mahammadjonov
Zohid Raupov
Viktor Klishin
G'ulom Rahmonov
Durbek Kamolov
Elyor Intizomov
Olimjon Karimov
Umar Eshmurodov
Eldor Tojiboev



Murabbiylar guruhi
Abror Rustamov
Bekmirza Abdiev
Ruslan Akmirzaev
Viktor Aleshnikov
Tolibjon Kosimov
Karim Rustamov
Botir Rasulov
Nurbek Jo'raev
Alisher Abdurahmonov
Ruslan SHoymardonov
Zoir Narzullaev
Erkin Mirzaev
Jamshid Umarov
Muxtor Qurbonov
Ixtiyor Karimov

Rahbariyat va xodimlar
Nodira Uzoqova
Iskandar Bo'riev
SHavkat Achilov
Jovli Bozorov
Zamira Joldasova
Ilhom To'xtaev
Sirojiddin SHoymardonov
Oblayor Rasulov

Mehmonlar
Norqul Daminov
SHomurod Donaev
Hotam SHaripov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика