“SHo'rtan” yig'inida yangi futbolchilar bor
19 dek 2014 09:00
Yangiliklar

“SHo'rtan” yig'inida yangi futbolchilar bor
Oliy liga debyutanti “SHo'rtan” kuni-kecha yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
G'uzorda birinchi bosqich yig'inini o'tkazayotgan jamoa tarkibida bir qator yangi nomlarni ko'rish mumkin.
Yakunlangan mavsumda “Dinamo” sharafini himoya qilgan Asror Aliqulov yana sobiq jamoasiga qaytdi. Yodingizda bo'lsa 36 yoshli himoyachi o'tgan mavsum g'uzorliklar uchun to'p surgandi.
Jamoa yig'inida shuningdek “Andijon”ni sobiq futbolchisiga aylanib ulgurgan Mirzakamol Kamolov. Jarohati sababli malum muddat “o'yindan tashqari holatda” qolib ketgan Jasur Boboev ham ishtirok etmoqda.
Murabbiylar shtabi jamoani kelgusi mavsumga puxta tayyorlash maqsadida oliy liga havosidan bahramand bo'lgan bir qator o'yinchilar bilan muzokara o'tkazmoqda. Aytishlaricha Samandar SHodmonov, Zafar Polvonov va Igor Taranning ham yaqin orada “SHo'rtan” lagerida paydo bo'lish ehtimol bor.
Joriy mavsum klub sharafini himoya qilgan hech bir futbolchi safni tark etmagan. Birgina ijara asosida o'ynagan Qahramon Muhammadjonovning yana “Navbahor”ga qaytib ketganini aytish mumkin.

Fikrlar