So’nggi yangiliklar

09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  0 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0

“SHo'rtan” jamoasining sobiq rahbari vafot etdi Yangiliklar

“SHo'rtan” jamoasining sobiq rahbari vafot etdi

Futbol bo'ycha O'zbekiston milliy CHempionati hamda Birinchilik musobaqalari, shuningdek mamlakat Kubogi bahslarida ko'p yillardan buyon muntazam ishtirok etib kelayotgan “SHo'rtan” Professional futbol klubining sobiq rahbari Allayor Rasulovich Rasulov bugun 29 iyul kuni 63 yoshida vafot etdi.

G'uzorda tashkil topgan “SHo'rtan”ning havaskor maqomdagi jamoadan rasman Professional klub darajasiga ko'tarilishi, oyoqqa turishi, mukammal shakllanish jarayonlarida bir qator fidoiy insonlar safida A.Rasulovning ham katta xizmatlari bor edi.

Allayor aka Rasulov 1957 yilning 3 mart kuni Qashqadaryoning “Ko'kdala” qishlog'ida tavullud topdi. Bolaligidan barcha tenqurlari qatorida millionlar o'yiniga mehr qo'ydi, oshno tutindi. Futbolga bo'lgan bu mehri va qiziqishi bir umr unga yo'ldosh bo'ldi.

Taqdir taqqozosi bilan “SHo'rtanneftgaz” zavodida masul vazifada mehnat qilib yurgan kezlari, o'z ishiga fidoiyligi, tashkilotchiligi va intiluvchanligi, eng asosiysi esa futbolga nisbatan yurakdan bo'lgan qiziqishi, sadoqati tufayli u “SHo'rtan” Profesional futbol klubi rahbarligiga tayinlandi.

A.Rasulov “Oq bo'rilar” boshqaruvini birinchi bor jamoa o'zbek futboli elitasiga endi-endi yo'l olgan muhim pallada - 2006-2007 yillarda qo'lga oldi. O'z o'rnida shuni alohida takidlash kerakki, “SHo'rtan”ning nomdorlar orasida oyoqqa turib ketishi, dadil qadam tashlashi yo'lida u o'z bilim va tajribasini ishga soldi...

Oradan malum vaqt o'tgach, G'uzor futboli o'z boshidan murakkab yillarni o'tkazayotgan edi. 2013 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, jamoa quyi ligaga tushib ketdi. Lekin, aynan Allayor Rasulovning boshqaruvida “SHo'rtan” qisqa muddat, yani bir yilning o'zidayoq yana Oliy liga ishtirokchilari safiga qaytdi. G'uzorliklar 2014 yili Birinchilik g'olibligi hamda CHempionatning kichik oltin medallarini qo'lga kiritishdi. “Oq bo'rilar”ning bu zafarli yurishi yangi mavsum avvalida o'tkazilgan O'zbekiston Professional futbol Ligasi Kubogida ham davom etdi. “SHo'rtan” jamoasi 2015 yili O'zPFL Kubogida ikkinchi bor muvaffaqiyatga erishdi...

Ko'rib turganingizdek, Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani xalqi va fidoiy muxlislari uchun “SHo'rtan” jamoasining unutilmas muvaffaqiyatlarini qo'lga kiritishida klubning sobiq rahbari, endilikda marhum Allayor Rasulovich Rasulov xizmatlari beqiyos bo'ldi...

Bugun yaqinlari, do'stu birodalari, shogirdlari Allayor akani so'nggi yo'lga kuzatishdi. Lekinhayotdavometadi. Umrini el-yurt xizmati uchun bahshida etgan ushbu inson boshlagan ezgu ishlarini farzandlari davom ettirishlari shubhasiz.

A.Rasulovning to'ng'ich farzandi Sardor Rasulov ota izidan borib, katta futbolda professional darajada faoliyat ko'rsatdi. Ko'p yillar davomida “Metallurg” (Bekobod) jamoasi sharafini munosib himoya qildi. Kichik o'g'li Komiljon Rasulov esa ayni paytda futbol hakami sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda...

Marhumni bilgan insonlar, nafaqat, g'uzorliklar, balki yurtimiz futbolsevar muxlislari Allayor Rasulovich Rasulovning “SHo'rtan” jamoasi uchun, mamlkatimiz futboli ravnaqi yo'lida qilgan ezgu ishlarini hech qachon unutishmaydi.

“SHo'rtan” PFK MCHJ rahbariyati, xodimlari, murabbiylar guruhi, futbolchilari va ko'p ming sonli muxlislari, klubning sobiq rahbari Allayor Rasulovich RASULOVvafoti munosabati bilan marhumning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirishadi.



“SHo'rtan” matbuot xizmati bo'limi


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика