“SHo'rtan” dastlabki sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi
13 jan 2014 17:04
Yangiliklar

“SHo'rtan” dastlabki sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi
Ayni paytda g'uzorliklarning yangi mavsumga tayyorgarliklari qizg'in davom etmoqda.
Bugun, yani 13 yanvar sanasida Muxtor Qurbonov qo'l ostida shug'ullanayotgan futbolchilar kunning birinchi yarmida ramziy manoda “A” va “B” jamoalariga bo'lingan holda dastlabki sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Tarkibga etibor qaratadigan bo'lsak, “A” jamoasi safidan asosan o'tgan yilgi mavsumda faoliyat ko'rsatgan tajribali o'yinchilar bilan birga “NBU-Osiyo” hamda “Nasaf”dan kelgan nomzodlar to'p surganliklarini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bular qatorida “Mashal”ning ikki nafar umidli yoshlarini ham takidlab o'tish joiz. O'z navbatida D.Kamolov va M.Mahmudovlar o'z yosh guruhlarida mamlakat terma jamoasiga ham nomzod sanalishadi.
Ikkinchi jamoada esa o'tgan yili “SHo'rtan”ning asosiy tarkibga munosib ko'rilgan yosh umidli futbolchilar bilan birga “Olmaliq”, “Nasaf” va “Yakkabog'” (Qashqadaryo) kabi klublardan kelib, sinovdan o'tayotgan o'yinchilar o'rin olishdi.
Uchrashuvdagi hisob ham aynan tajribaga mos ravishda qayd etildi. Lekin o'z o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, birinchi bo'lim ko'rikdan o'tayotgan yoshlarning g'ayrat-shijoatiga asoslangan holda ularning ustunligida kechdi. SHu bois ham jamoalar tanaffusga 0:1 hisobi bilan chiqib ketishdi. Asli “SHo'rtan” futbol maktabining tarbiyalanuvchisi bo'lgan va o'tgan yili chiroyli o'yinlari bilan asosiy tarkibga nomzodlardan biri sifatida qaralgan Ravshan Abduvohidov jamoadoshlarining say-harakatlarini o'zining individual mahorati evaziga golga aylantirdi.
Biroq ikkinchi bo'limda tajriba o'z so'zini aytdi. O'tgan yilgi mavsumda o'zining tezkor xatti-harakatlari bilan ko'pchilikni etiboriga tushgan Vostrikov “xetrik”ka erishgan bo'lsa, Sanjar Baratov uchrashuvdagi yakuniy hisobni taminladi.
Endi “SHo'rtan” jamoasi murabbiylari G'uzordagi yig'inni 20 yanvarda - “Mashal”ga qarshi uchrashuv bilan yakunlashni rejalashtirishmoqda.
“A” jamoa: Jahongir Karimov, Zohid Raupov, Jamol Otaqulov, Asror Aliqulov, Umar Eshmurodov, Botir Qodirqulov, Arayk Babaev (“NBU-Osiyo”), Abdulatif Abdiqodirov (“NBU-Osiyo”), Islom Karimov (“NBU-Osiyo”), Aleksandr Vostrikov, Sanjar Baratov (“Nasaf”).
Zaxiradan tushganlar: Durbek Kamolov (“Mashal”), Maqsud Mahmudov (“Mashal”).
“B” jamoa: Roman Abdulov (“Olmaliq”), Dilshod Donaev, Elyor Intizomov, Sarvar Xolmurodov (“Nasaf”), Tohir Abdurahmonov (“Nasaf”), Javohir Ashurov (“Nasaf”), G'ulom Rahmonov, Olimjon Karimov, Sanjar To'raqulov, Ravshan Abduvohidov, SHaxzod Xursanov.
Zaxiradan tushganlar: Elyor Tog'aev, Alisher Arslanov, Tolib Ochilov, Bobir To'raev, Nurbek Muhammadiev, Talat Nurullaev (“Yakkabog'” Yakkabog').
Gollar: A.Vostrikov (3) S.Baratov - R.Abduvohidov.

Fikrlar