So’nggi yangiliklar

18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  0 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  5 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  11

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov "Zomin" bilan o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov "Zomin" bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

"SHo'rtan" Pro liganing ikkinchi turida "Zomin"ga mag'lub bo'ldi.

Mazkur uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining navbatdagi qismida "SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"O'yin og'ir o'tdi. CHunki, o'n kishi bo'lib himoyalanish oson emas. Raqib gollarni asosan standart vaziyatdan urdi. Bollar ozgina diqqatni yo'qotib qo'ydi. Oxirigacha kurashishga harakat qildik. Himoyachilarning xatosi sabab uchinchi golni ham o'tkazib yubordik. 

Qizil karchtoka qay darajada tasir qildi? Futbolchilar ham to'liq sport formasida emas. SHuning uchun o'n kishi bo'lib qolib ketish qiyin albatta. Jizzax va Qashqadaryo iqlimi o'rtasida farq bor. SHu bois futbolchilarga bu erda o'ynash qiyinchilik tug'dirdi. Birinchi sariq kartochka berilgan vaziyatda hakam ozgina shoshib qaror chiqardi. Bu vaziyatda jarima zarbasi bilan ham cheklansa bo'lardi. 

Hakamga besh ballik tizmda qanday baho beraman? Hakamlarni baholash bizni ishimiz emas. SHunday bo'lsada, futbolimiz rivoji yo'lida futbolchilar, murabbiylar, mutaxassislar, jurnalistlar qanchalik hissa qo'shayotgan bo'lsa, hakamlarning qo'shayotgan hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. O'yinni qayta ko'rib chiqamiz, tahlil qilamiz. Lekin, hakam o'yinni boshqarishda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. 

"SHo'rtan"da avvalgi  qarzdorliklar bor. Lekin, hozirda klubni jamoa olida  qarzi yo'q. Mavsum boshida klub tomonidan beriladigan maoshga rozi bo'ladigan futbolchilarni yig'ganmiz. Bir qator futbolchilarni taklif qilmoqchi edik. Ularni maoshi baland bo'lgani uchun olib kela olmadik",- deydi Asror Aliqulov.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика