"SHo'rtan" 22 iyuldan yig'inni boshlaydi
15 iyu 2014 17:09
Yangiliklar
"SHo'rtan" 22 iyuldan yig'inni boshlaydi
"G'arb" mintaqasida qarvonboshchilik qilayotgan G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi ayni damda tatilga chiqqan.
Klub matbuot xizmatining bergan xabariga ko'ra, jamoa davralar oralig'idagi yig'inni 22 iyuldan boshlaydi. SHu kuni futbolchilar Toshkentda yig'iladi va "Futbol-MED"da tibbiy ko'rikdan o'tiladi. Ertasidan boshlab esa poytaxtda mashg'ulotlarga kirishiladi. U erda uch kun mobaynida shug'ullangach, keyin CHorvoqqa yo'l olinadi. 30 iyulga qadar esa futbolchilar CHorvoqda asosan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlaydi. Tayyorgarlikning uchinchi qismi esa yana Toshkentda o'tadi. Bu safar 4 iyulgacha bo'linadi. SHu tariqa ikkinchi bosqichga tayyorgarlik ko'riladi.
Ushbu yig'inlar oralig'ida Muxtor Qurbonov jamoasi 4ta sinov-nazorat o'yinida ishtirok etishni o'z rejasiga kiritgan. Sparring raqiblarning ikkitasi malum. Unga ko'ra, 27 iyul kuni "Neftchi" va 30 iyulda "Navbahor" bilan kuch sinashiladi. Qolgan ikki raqib jamoa nomi esa keyinroq aniq bo'lishi aytilmoqda.
Tarkibdagi o'zgarishlar ham aynan yig'in chog'ida malum bo'ladi.

Fikrlar