So’nggi yangiliklar

14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  0 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  6 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  21 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0

SHomurodovning "SHalke" o'tishiga qarshilik qilishi mumkin bo'lgan raqobatchi kimligi malum (tahlil) Yangiliklar

SHomurodovning "SHalke" o'tishiga qarshilik qilishi mumkin bo'lgan raqobatchi kimligi malum (tahlil)

Eldor SHomurodovning Bundesligaga o'tishi haqidagi xabarlar shunchaki mish-mish emas, balki tasdiqlangan malumot.

Bu borada futbolchining agenti "championat.asia" saytiga malum qilgan. Muzokaralar davom etmoqda va Germaniyaning bir qator klublari hozirda SHomurodovga og'iz solishgan.

Muzokaralar davom etayotgan klublar orasida eng jiddiy qiziqish "SHalke" tomonidan bildirilgan. SHuningdek, ro'yxatda kelasi mavsum Bundesligaga qaytishi kutilayotgan "SHtutgart" ham bor va undan tashqari hali matbuotga oshkor etilmagan bazi klublar ham SHomurodovning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.

Hozir ehtimol taraflama va o'tgan yildan buyon SHomurodovning transferiga qiziqib hamda kuzatib kelayotgan "SHalke"ning o'zbek hujumchisini qo'lga kiritish imkoniyatlari va vaziyat haqida so'z yuritmoqchiman.

Demak, ayni damda  "SHalke" hujum chizig'ida chinakam muammolarni boshdan kechirmoqda. Jamoa Bundesligada hozirgacha 28 o'yinda 34 gol kiritgan va bu borada Germaniya chempionatida 14-o'rinda borayotgani ham jamoada hujum chizig'i chinakamiga oqsayotganini amalda ko'rsatib turibdi. "SHalke" oxirgi bor Bundesligada 18 yanvar kuni g'alabani tantana qilgan va 10 turdan buyon yutuqqa erisha olmayapti. Garchi jamoa turnir jadvalida 9-o'rinda bo'lsada, gol urish borasida jadvaldagi oxirgi "uchtalik" azolari - "Paderborn" (31), "Verder" (29), "Fortuna" (31) va "Union"dan (33) ko'proq gol urgan xolos.

"SHalke" safida joriy mavsum eng ko'p gol urgan futbolchilar ham hujum chizig'i vakillari emas, balki yarim himoya azolari - Suat Serdar (7) va Amin Xarit (6) ekanligi ham klub rahbariyatini hujumchi izlash operaciyasini tezroq amalga oshirishga chorlamoqda.

Nominal hujumchilar ishtirokiga nazar soladigan bo'lsak, Gvido Burgshtaller 20 o'yinda maydonga tushib birorta ham gol urolmagan. Mixael Gregorich esa 15 uchrashuvda atigi 1 bor darvozani ishg'ol etgan. Tajribali hujumchilarning bu qadar besamar o'yinidan keyin murabbiy yosh iqtidor sohiblariga imkoniyat yaratdi. Biroq Rabbi Matondo (1) va Levent Merkan (0) ham samaradorlik borasida havas qilarli natija ko'rsata olishmadi. Hujum chizig'idagi Benito Roman o'z poziciyadoshlariga nisbatan sermaxsulroq o'ynamoqda xolos. Roman 20 bellashuvda 4 gol muallifiga aylangan.

Qaysidir manoda "SHalke"ning hozirgi holatiga tushib qolishda hujumdagi parokandalik o'z tasirini ko'rsatmoqda. SHu boisdan ham klub hujumchi izlashga qattiq kirishgan.

Ayni paytda klub short-listining yuqori ro'yxatida turgan SHomurodovga bu borada eng yaqin raqobatchi sifatida Avstriya Bundesligasi to'purari SHon Vayssman qaralmoqda. "SHalke" skautlari Vayssman nomzodini ham ilgari surishga harakat qilishmoqda.

Aslida "Borussiya" Dortmundga kelishi mumkin bo'lgan "Volfsberg" hujumchisi SHon Vayssman Avstriya chempionatida Xolanddan ham ko'proq gol urib, to'purarlar poygasi peshqadami sanaladi. Lekin Dortmund yakunda yosh taraflama istiqboli yuqori bo'lgan Xoland variantiga to'xtalgandi. 

Avstriya Bundesligasida 21 o'yinda 22 gol muallifiga aylangan isroillik SHomurodovning tengdoshi Eldorga "SHalke"ga o'tishga raqobat taqdim etishi kutilmoqda.

Vayssman Avstriya Bundesligasida debyut mavsumdayoq porlashga ulgurdi. Uning sermaxsulligi ko'plab aqlli skaut egalarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda. 

Bo'y taraflama SHomurodovdan pastroq bo'lgan SHon bosh bilan juda yaxshi o'ynash qobiliyatiga ega. Garchi samaradorlik bo'yicha SHon SHomurodovdan ancha sermaxsul ko'rinayotgani bilan, Avstriya va Rossiya premer ligasi o'rtasidagi farq hamda futbolchilar turli o'yin uslubi sohibligini inobatga olsak, bu SHomurodovning imkoniyatlarini tengma-teng solishtirganda tushirib yubormaydi. SHuningdek, SHomurodov nafaqat hujumni yakunlovchi fazada xavfli, balki yaratuvchanlik va keskin uzatmalari orqali xavf solishga qodirligi Eldorning ustun jihatlaridan biri. Tezlik borasida ham Eldor SHondan tezroq harakatlanadi.

SHomurodov ko'plab yakka-kurashlarga boy chempionatda o'ynayotgani va Avstriya hamda RPLning o'rtasidagi tafovutdan kelib chiqilsa, "SHalke" uchun nisbatan kurashuvchan va hujumchi uchun muhim bo'lgan oddiylik, ortiqcha xatti-harakatlarsiz gol urishga chanqoq bo'lgan Eldor nomzodi qiziqroq bulishi mumkin.

SHuningdek, yana bir muhim jihat shuki, ayni dam David Vagner boshchilik qilayotgan "SHalke"ning ishlari qoniqarli emas va 10 o'yinlik g'alabasiz seriya tobora Vagnerning Gelzirkirxendagi sarguzashtlarini poyoniga etayotganidan darak beradi. Yangi murabbiy kelishi va uning uslubiga kim ko'proq tushishi borasidagi savol ham hozircha ochiq qoladi.

Ko'p taraflama kelgusi turdagi "Verder"ga qarshi bahs Vagner uchun so'nggi imkoniyatga aylanishi mumkin.

Katta ehtimol, SHomurodovning transfer masalasiga "SHalke" yaqin 1 oy ichida aniq to'xtamga kelishi kutilmoqda. "SHalke"dan tashqari ham Bundesliga klublari SHomurodovning xizmatlariga ehtiyojmand.


SHahboz Beg'amov — Telegram

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика