SHomurodov agenti Eldorning "Roma"dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi Yangiliklar

SHomurodov agenti Eldorning "Roma"dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi

ProSports Management vakili Qahhor Mo'minov mijozi Italiyaning "Roma" klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar borasida fikr bildirdi.

"Transfer oynasi vaqtida turli variantlar va talqinlar paydo bo'ladi. Hozir faqat bir narsani aytishimiz mumkin: Eldor – "Roma" futbolchisi. Qolgan barchasi matbuotdagi taxminlar xolos", – dedi Mo'minov.

"O'zgarishlar bo'lishi mumkinmi? Bu erda men hech narsani istisno qilolmayman", – deya qo'shimcha qildi agent.

Oldinroq Italiya OAV "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu go'yoki bo'lajak mavsumda SHomurodovdan umid qilmayotgani haqida xabar bergandi.

SHomurodov rimliklar tarkibida 39 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard "Roma"ga qadar "Jenoa", "Rostov" va "Bunyodkor" klublarida to'p tepgan.

Ayni paytda ekspertlar SHomurodovni 8 million evroga baholashmoqda.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика