SHomurodovga CSKAdan qiziqish bor, ammo u Evropada o'ynamoqchi
08 avg 2019 11:46
Yangiliklar
SHomurodovga CSKAdan qiziqish bor, ammo u Evropada o'ynamoqchi
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
"Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov bilan hamkorlik qilayotgan Prosports management vakili Kaxor Muminov o'yinchining CSKAga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"CSKA - Rossiyadagi eng obro'li klublardan biri, ammo biz hozircha RPLdan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqmaslikka qaror qildik.
Uning (SHomurodov) o'zi Evropada o'ynashni xohlayapti. Bizda shunday takliflar ham yo'q emas. Ammo, biz "Rostov"ni hurmat qilamiz. Sotuv shartlari va vaqtlari haqida ular qaror qabul qilishi kerak deb hisoblaymiz", - deydi Muminov.
Fikrlar