So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

SHomurodov va "Jenoa" "Milan"ni to'xtatdi: A Seriya 12-tur yakunlari Yangiliklar

SHomurodov va "Jenoa" "Milan"ni to'xtatdi: A Seriya 12-tur yakunlari

Italiya chempionati navbatdagi tur doirasida qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Atalanta" bilan durang o'ynadi

Qishda "Atalanta"ni tark etadigan klub sardori Alexandro Gomes maydonga tushmadi. "Yuve" kapitani Jorjio Kellini ham o'yindan tashqari holatda bo'ldi. Federiko Keza tashabbusni o'z qo'liga olgunga qadar, bahs juda sust bo'ldi. U qanotdan yorib chiqib, 5ta raqib qurshovida uzoqdan shu qadar ajoyib zarba berdiki, Gollini ham unga qarshilik ko'rsatolmay qoldi. Bunga javoban Sapata yakkama yakka raqiblariga qarshi chiqib, zarba berdi, biroq SHHensniy gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. "Atalanta" oldinga qarab harakat qilib, xavfli vaziyatlar yaratdi, lekin tanaffusgacha gol urishga muvaffaq bo'lolmadi.

Ikkinchi taym boshida Alvaro Morata imkoniyatdan unumli foydalana olmadi, buning o'rniga esa "Atalanta" qarshi bosim o'tkaza boshladi. "Yuve" himoyadan chiqmoqchi bo'lganida mehmonlar to'pni olib qo'yishdi va Froyler kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu bahsda ayniqsa Keza faol o'ynadi, aynan u penalti ishlab oldi, biroq Ronaldu bu safar imkoniyatdan foydalana olmadi. Ushbu uchrashuvda golkiperlar haqiqatdan ham yaxshi o'ynadilar. Sababi Moratada ham, Froylerda ham qulay vaziyatlar bo'lgan edi, ammo ikki posbon ham o'z darvozasini yaxshi qo'riqlay oldi. Bahs durang natija bilan o'z nihoyasiga etdi, ammo bundan har ikki jamoaning ham ko'ngili to'lmagani aniq.


"Inter" "Napoli"ni mag'lub etdi

Bu bahsda turnir jadvalidagi raqobatdoshlar uchrashishdi, shu sababli o'yinga bo'lgan qiziqish katta edi. Bahsning 1-daqiqasidayoq Lautaro to'p nazoratini qo'lga oldi va zarba berdi, lekin to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. "Napoli" esa bunga Zelinskiyning kuchli zarbasi bilan javob qaytardi. SHiddat bilan zarba berilgan bo'lsa-da, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Umuman olganda, birinchi taymda xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi.

2-taymda esa o'yin biroz jonlandi. Lozano ajoyib imkonni qo'ldan boy berdi, Insine ham yomon o'ynmadi. Mertensda ham qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq Xandanovich to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. "Inter" deyarli golli vaziyatlar yarata olmadi, ammo penalti ishlab olishga erishdi. Ospina raqib o'yinchisi Darmianni yiqitib yubordi, Lukaku esa imkoniyatdan ajoyib tarzda foydalandi. Bu gol o'yinni yanada jonlantirdi, Politano sherigi Lozano bergan pasdan so'ng zarba berdi, ammo Xandanovich bu safar ham gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Bir necha urinishlarga qaramay, o'yinda boshqa gol bo'lmadi. "Qora-ko'klar" bir ochko farq bilan "Milan"dan keyingi ikkinchi o'rinni eshgallab turishibdi. "Napoli" esa 5-o'rinda, hozircha.


"Roma" "Torino"dan kuchliroq chiqdi

Ehtimol, Uilfrid Singoning juda yomon o'yini bo'lmaganida, Rimdagi o'yin boshqacha tus olgan bo'larmidi?! "Buqalar" himoyachisi 7 daqiqa ichida 2ta kartochka oldi va jamoasini sezilarli darajada zaiflashtirib qo'ydi. "Roma" faollik bilan oldinga harakat qila boshladi va 27-daqiqada Genrix Mxitaryan kuchli zarba bilan hisobni ochdi. Bir qator vaziyatlardan so'ng Edin Jeko jarima maydonchasida yiqitildi. To'p yoniga Veretu keldi va hech bir muammosiz darvozani ishg'ol etdi.

Tanaffusdan keyin mutlaqo o'zgarish bo'lmadi. "Torino" hech qanaqasiga o'yinga kirishib ketolmadi, "Roma" xotirjamlik bilan to'pni nazorat qildi. 68-daqiqada Mayoral juda chiroyli tarzda to'pni Pellegriniga etkazib berdi, Lorenco ham bundan unumli foydalanib, gol urdi. "Buqalar"dan qahramonlik kutish qiyin edi, biroq bitta gol urishga erishdilar. Andrea Belotti to'pni oldinga siljitib kelib, 73-daqiqada gol urdi. "Roma" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va 4-o'rinni band etdi, ammo "Torino"ning ahvoli biroz og'ir...


"Milan" yana ochko yo'qotdi

"Grifonlar" asosiy tarkibida Eldor SHomurodov o'yinga tushgani uchrashuvga bo'lgan qiziqishimizni yanada orttirgani turgan gap. Birinchi bo'limda ayniqsa, SHomurodov faolligi bilan ajralib tura oldi. Ammo chinakamiga xavfli vaziyatlar, golli imkoniyatlar Eldorda bo'lmadi. Umuman olganda "Milan" ham u qadar faol o'yin ko'rsata olmadi va vaziyatlar yaratishda muammoga duch keldi. Faqatgina Rebichning vaziyatini yodga olsa arziydi, lekin Ante raqib posbonini aldab o'ta olmadi. Bunday bo'limdan keyin kurashning ikkinchi qismi yanada shiddatliroq bo'lishini kutish mumkin edi. Amalda ham shunday bo'ldi. 

"Jenoa" ikkinchi bo'limda hujumda ham keskinroq harakat qila boshladi. Vaziyatlarning birida o'ng qanotdan bo'lgan uzatmadan so'ng SHomurodov jarima maydonida to'pni to'xtatdi, ikki raqib qurshovida turganiga qaramay, bir aylanib zarba berdi, Donnarumma to'pni qaytarishga erishdi, lekin ikkinchi urinishda Destro hammadan chaqqonroq harakat qildi. "Milan" golga ancha tez javob bera oldi. CHalxanoglu Kalabriyaga uzatmani amalga oshirdi, to'p italiyalikka shu qadar qulay etib keldiki, himoyachi uzoq masofadan zarba berishga qaror qildi va niyatiga etdi. "Jenoa" sarosimaga tushmadi va yana hujumga tashlandi hamda yana oldinga chiqib oldi. Gilonening uzatmasidan keyin qachonlardir "Milan" safida gol urgan Matti Destro dublni rasmiylashtirdi. Pioli o'zgarishlar orqali vaziyatga tasir qilishga urindi va qator omadsiz urinishlardan so'ng milanliklar darvozaga yo'l topa olishdi. To'p Romanolidan yosh Per Kalyulyuga borib tushdi va u yaqin masofadan to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. "Milan" qatorasiga ikkinchi bor durang o'ynamoqda, lekin jamoa hisobda ortda qolayotgan pallada ham xarakter ko'rsata olayotganini takidlash lozim. 


"Verona" "Sampdoriya"ga mag'lub bo'ldi

"Verona" yaxshi sport formasiga kirib oldi va yo'lidan chiqqan bir nechta kuchli raqiblarni to'xtata bildi. Jamoa hozirda turnir jadvali yuqori qismida borayotgani ham so'zimiz isboti bo'la oladi. Maydon egasi sifatida "Verona" o'yin startida xavfliroq va nisbatan ko'proq hujum uyushtirdi. Tarkbida ayniqsa Barak faolligi bilan ajralib turardi. "Sampdoriya" esa u qadar yorqin o'yin ko'rsatmasa-da, yuzaga kelgan imkoniyatdan maksimal ravishda foydalana oldi. Taym so'ngiga yaqin to'p Ekdalga kelib tushdi va shveciyalik yarim himoyachi uzoq masofadan zarba berib, darvozabonni dog'da qoldirdi.  

Ikkinchi bo'lim avvalida "Verona" muvozanatni tiklash niyatida oldinga tashlandi, ammo "Sampdoriya" uchun bu ayni muddao edi. Raneri shogirdlariga qarshi hujumlarda qanday harakat qilishni yaxshi o'rgatgani ko'rindi, Valerio Verre tezligi evaziga himoyachilardan qochib ketdi va oradagi farqni 2taga oshirdi. SHunday bo'lsa-da, "Verona" taslim bo'lish haqida o'ylamasdi va hujum qilishda davom etdi. Buning mukofoti sifatida mezbonlar penalti ishlab olishdi. Cakanya imkoniyatdan unumli foydalandi, lekin... Qolgan vaqt davomida "Verona" qanchalar urinmasin, hisobni tenglashtirishning imkoni bo'lmadi. Genuya jamoasi muhim g'alabani qo'lga kiritdi va katta ehtimol bilan jon saqlash muammosini hal qildi. "Verona"ning chiroyli davom etayotgan "ertagi" esa uzilib qoldi, lekin keyingi uchrashuvlarda ushbu jamoa ham ijobiy natijalarga erishishini taxmin qilish mumkin.

SHuningdek, "Speciya" - "Bolonya", "Benevento" - "Lacio" uchrashuvlari durang bilan yakunlandi, "Udineze" - "Krotone" bahsida esa hisob ochilmadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика