⚡️ SHomurodov top-100'da! U Adebayor va Mxitaryan bilan tenglashdi
27 sen 2022 12:32
Yangiliklar
⚡️ SHomurodov top-100'da! U Adebayor va Mxitaryan bilan tenglashdi
Birinchi taymda Eldor SHomurodov Odil Hamrobekovning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. “Roma” forvardi terma jamoadagi 59-o'yinida 32-golni urib, to'purarlar ro'yxatida Aleksandr Geynrix hamda Mirjalol Qosimovni (31 tadan) ortda qoldirdi. Undan oldinda esa faqatgina Maksim SHackix (34 ta) bor.
SHuningdek, Eldor terma jamoa miqyosida eng ko'p gol urganlar ro'yxatida 94-99 o'rindagi futbolchilar bilan tenglashdi. Avvalroq, milliy jamoa libosida 32 ta gol urish SHandel Samuel (Sent-Vinsent va Grenadini), Mixalis Konstantinu (Kipr), Emmanuel Adebayor (Togo), Genrix Mxitaryan (Armaniston) hamda Roke Santa Krus (Paragvay)ga nasib etgandi.
SHackix esa Komminz Menapi (Solomon orollari), Mumuni Dagano (Burkina-Faso) va Sadio Mane (Senegal) bilan birga 89-92-o'rinlarda turibdi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoa miqyosida gol urish bo'yicha mutlaq rekord portugaliyalik Krishtianu Ronalduga tegishli – 117 ta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar