SHomurodov tez orada "Bolonya" futbolchisiga aylanishi mumkin Yangiliklar

SHomurodov tez orada "Bolonya" futbolchisiga aylanishi mumkin

Bu haqda italyan nashrlari va insayderlari xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Roma"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov "Bolonya" safiga o'tishga yaqin turibdi. Klubning "bo'rilar" bilan muzokaralari yakuniy bosqichga etib kelgan. Garchand futbolchiga "Torino" va "Sassuolo" klublari qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, "Bolonya"ning SHomurodovni qo'lga kiritish imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Qayd etilishicha, klub o'zbekistonlik hujumchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Transfer so'nggi 48 soat ichida amalga oshishi rejalashtirilmoqda.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика