So’nggi yangiliklar

12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  2 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналду катта миқдорда товон тўлайди  1 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  0 10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  52 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  11 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  48 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  12 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  15 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   11 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   2 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   1

SHomurodov "Speciya"si: Eldor qanday jamoaga o'tdi va uni nimalar kutmoqda? Yangiliklar

SHomurodov "Speciya"si: Eldor qanday jamoaga o'tdi va uni nimalar kutmoqda?

Bugun sizlar bilan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodovning yangi jamoasi "Speciya" haqida batafsil gaplashamiz.

SHahar geografik joylashuvi, klub tarixi, murabbiylar masalasi, tarkibdagilar va o'yin uslubi haqida siz bilgan va bilmagan malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 


SHahar

Speciya - Liguriya dengizi qirg'og'idagi shahar hisoblanadi. Geografik jihatdan omadli joylashuvi tufayli Speciya Italiyaning eng yirik portlaridan biri Genuening shundoq yonginasida joylashgan, shahar doim iqtisodiy tomondan rivojlangan hisoblanadi. Speciya — Italiyaning eng yirik savdo va harbiy obektlaridan biri bo'lish bilan birga, mamlakatning Liguriya dengizidagi harbiy sanoati va dengiz floti markazi hisoblanadi. 

SHunday bo'lsada, shahar kattaligi jihatidan qo'shnilariga imkoniyatni boy beradi. Bugungi kunda Speciya aholisi 100 mingga yaqin. Solishtirish uchun Genuyada taxminan 600 ming odam istiqomat qiladi.  


Jamoa 

“Speciya” ancha tarixiy klublardan biri bo'lib, unga 1906 yilda asos solingan. Speciya port-shahar bo'lgani tufayli, Genuyada bo'lganidek, bu erga futbolni XIX asr oxirlarida ingliz dengizchilari olib kelishgan. SHu sababli bu erda u dengiz bilan bevosita aloqa qilmaydigan shaharlardagidan ko'ra tezroq rivojlangan. “Speciya” 1943/44-yilgi Italiyaning yarim rasmiy chempionatida g'olib bo'lganini bilarmidingiz? 2002 yil Italiya futbol federaciyasi “Speciya”ni o'sha musobaqa chempioni deb rasman tan oldi va jamoa liboisga chempionlik belgisini tushirishga ruhsat berdi. U A Seriya g'oliblarinikidan biroz farq qiladi.

A Seriyaga esa jamoa faqatgina 2019/20-yilgi mavsumdan keyin chiqa oldi. Uzoq yillar “Speciya”  Italiyaning quyi divizionlarida “hayot kechirdi”, bir necha marta moliyaviy inqirozlarga yuz tutdi, jiddiy o'sish esa 2008 yilga to'g'ri keldi. 4 yilda jamoa havaskorlar ligasidan B Seriyasigacha etib bordi. Natijada, uzoq tanaffusdan keyin 2012/13-yilgi mavsumda “Speciya” Italiyaning ikkinchi ligasida harakat qilardi. Jamoaning A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritishida esa, hozir “Fiorentina” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan, Vinchenco Italyano alohida o'rin tutadi.


O'tgan mavsum

Jamoani A Seriyaga olib chiqqan Vinchenco Italyano mavsum avvalida “Fiorentina”ni qabul qilib oldi, “Speciya” bosh murabbiyligi esa Tiago Mottaga topshirildi. Mavsum o'rtalariga kelib, jamoa murabbiyga emas, mutaxassis vaziyatga moslashdi va jamoa ancha yopiq o'yin ko'rsata boshladi. Natijada, “Speciya” 16-o'rinni egalladi, mavsum tugagach, Tiago Motta jamoani tark etishga qaror qildi. U omadsizlikka uchradi deb bo'lmaydi, Motta murabbiy sifatida turli vaziyatlarga moslasha olishini isbotladi, ammo uning g'oyalarini amalga oshirish uchun boshqacharoq tarkibga ega jamoa zarur edi.


Bosh murabbiy

Tajribali Luka Gotti murabbiy sifatida ishini “Milan” akademiyasida boshlagan va “Trevizo” bosh murabbiyligi yo'lida ko'plab havaskor jamoalardan iborat yo'lni bosib o'tgan. 

SHuningdek, Gotti “Kalyari”da Roberto Donadoni, “CHelsi”da Mauricio Sarriga yordamlashdi. “Yuventus”ga esa Sarri bilan yo'l olmadi va “Udineze”da Igor Tudor yordamchisi sifatida faoliyat olib bordi. Tudor vazifasidan ozod etilgach, aynan Gotti avvaliga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi, keyin esa to'laqonli ravishda bosh murabbiy bo'lib ishladi. “Udineze”da Luka 2021 yil dekabr oyiga qadar mehnat qildi va qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo'shatildi. “Speciya”ning o'yiniga ham stabillik etishmayapti va natijalar ijobiy tomonga o'zgarmasa, Gottiga mavsum oxirigacha chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin. U vertikal futbolni xush ko'radi, ammo jamoalari bazan bunday o'yinga o'ta berilib ketib, balansni yo'qotib qo'yishadi.


Raqobatchilar

“Speciya” hujumi deganda bu mavsum muxlislar ko'z oldiga Mbala Nzola kelmoqda. Hujumchi 18 uchrashuvda 9 ta gol urdi va A Seriyaning ham eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib turibdi. Hozir u jarohatlangan, “Speciya”da esa boshqa yaqqol forvard bo'lmagani sababli, hujumda, asli qanotda yoki hujum ortida o'zini erkinroq sezadigan Gyassi, Verde, Agudello va Maldini harakat qilishmoqda. SHomurodovdan tashqari “Speciya” qishda 1,5 million evroga Latviyadan Raymonds Krollisni xarid qildi. U o'tgan yili “Valmier” safida 34 o'yinda 25 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHunday bo'lsada, Krollisga hozir, shu erda natija berishi kerak bo'lgan o'yinchi sifatida qaralmayapti. U A Seriya va Italiyaga ko'nikishi zarur bir vaqtda, SHomurodov Apennin yarim orolida o'zini deyarli uydagidek his qiladi.


Umidlar katta 

Tan olish lozim, mavsum SHomurodov uchun omadsiz o'tmoqda. U A Seriyada bor yo'g'i 6 marta maydonga tushdi va gol ura olmadi, Evropa Ligasida ham gol urganiga qaramay, mamlakat kubogi singari juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. “Roma”dagi qayta qurish va Dibalaning kelishi natijasida o'zbekistonlik futbolchi Mourino rejalaridan tushib qoldi. Aslida yozdayoq boshqa klubga ketgani yaxshiroq edi va bunga SHomurodovning o'zi ham qarshi emasdi, lekin “Roma” Eldorni ijaraga berishni emas, faqat sotish variantiga rozi edi.

Endi esa mavsum o'rtasida SHoma yangi yo'lni boshlayapti, ustiga-ustak butkul notanish klubda. Italiyada ko'pchilik SHomurodov “Torino”ga yo'l olishini kutgandi, klub ham futbolchi xizmatlariga jiddiy qiziqqandi. CHindan “buqalar” safida Eldorga qulayroq bo'lardi, ammo “Torino” “Roma” bilan kelisha olmadi. Endi esa SHomurodov “Speciya”da va jamoaga quyi divizionga tushib ketmaslik uchun yordamlashadi. “Speciya”ga esa aynan Eldor tipidagi forvard kerak edi, shuning uchun ham Krollis transferidan keyin ham klub hamyurtimizni ijaraga olish bo'yicha ishlarni to'xtatmadi.

Endi Luka Gotti «Speciya» hujumini faqat bitta varianti bor emas, turli detallarga ega, xavfliroq hujumga aylantira oladi. Nzola taxminan shu oy oxirlarida safga qaytadi, shu sababli ham SHomurodov yaqin orada asosiy tarkibda maydonga tushadi, balki eng yaqin uchrashuvdadir. Unga nafaqat gol ura oladigan futbolchi sifatida, balki kattagina ko'lamdagi ish hajmini o'ziga ola biladigan o'yinchi sifatida qarashmoqda. Nzola aynan shu tomondan maqtana olmaydi, u to'p bilan kamroq muomalada bo'lib, ko'proq hujumlarni yakunlashga o'rgangan. 

Nzola safga qaytgach hujumda turli variantlar mavjud bo'ladi. Biroq Gotti ikki nafar hujumchi bilan o'ynashi ham istisno qilinmaydi. Oxirgi vaqtlarda “Speciya” 3-5-2 taktik sxemasidan foydalanmoqda, bu SHomurodov uchun ancha qulay sxema. Takidlanishicha, Gottining g'oyalari, SHomurodov o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan “Jenoa”dagi holatga o'xshash. Eldor aynan shunday tipdagi forvard bilan birga harakat qilishni yaxshi ko'radi, Nzola himoyachilar etiborini o'ziga qaratadi, SHomurodov esa bo'sh zonalardan foydalanadi. Boshqa variantda yagona hujumchi rolidagi Eldorga Verde va Gyassi yordamlashadi.

Ha, “Speciya” SHomurodov faoliyatini davom ettirish uchun eng zo'r va istqibolli variant emas.  Jamoa muammolari bu mavsum ham ko'zga tashlanmoqda. Boshqa tomondan SHomurodovda asosiy tarkibdan muqim joy olish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'lmoqda. Birinchi marta u Italiyada SHomurodovni asosiy tarkib vakili sifatida ko'rib, undan ko'p narsa kutayotgan jamoaga tashrif buyurdi. Bu Eldorgi psixologik tomondan yaxshi tasir qilib, o'z kuchiga bo'lgan ishonchi ortishiga xizmat qilishi zarur. Biz esa SHomurodovga omad tilab, ko'plab gollar urishni tilab qolamiz. Ulardan birinchisi “Napoli” darvozasiga bo'lsa ham butkul qarshi emasmiz.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика