So’nggi yangiliklar

11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  33 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  4 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  3 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  7 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5

SHomurodov MTJdan chaqiruv oldi, u Italiyada o'z joyini qaytarib olishi kerak emasmi? Yangiliklar

SHomurodov MTJdan chaqiruv oldi, u Italiyada o'z joyini qaytarib olishi kerak emasmi?

Ikki o't orasida qolgan Eldor SHomurodovni hech qaerga, hech qanday yo'llanma bermaydigan ikkita o'rtoqlik o'yiniga jalb qilishi to'g'ri emas.

2021 yil kuz faslida MTJ yig'inida bo'lgan SHomurodov "Roma"ga qaytganidan keyin, Mourino uni ikki haftaga alohida, yakka tartibdagi mashg'ulotlarga yuborgan. Ayni paytda Eldor rimliklarning asosiy tarkibida ko'rinmay qo'ydi. Bunga birinchi sabab raqobat bo'lsa, ikkinchisi Joze. Paytida Raulni osonlikcha chetga chiqarib qo'ygan murabbiy uchun bu odatiy holat.


Bugun futbolchiga oid yangi xabarlar urchidi. Unga "Monca" qiziqayotganligi bayon qilindi. Agar u Milan yaqinidagi klubga ko'chib o'tsa, u erdagi murabbiy Jovanni Stroppaning mashg'ulotlarini qo'yib yubormasligi kerak bo'ladi. Italiya terma jamoasi ham FIFA kunini bo'sh o'tkazmaydi. Moviy gvardiyachilar 23 sentyabr kuni Milanda Angliya terma jamoasini qabul qiladi. 3 kun o'tib UEFA Millatlar Kubogida Vengriya mehmoni bo'ladi. U "Roma"da qolsin yoki "Monca"ga o'tsin, bu ikki klub terma jamoaga ketgan futbolchilarisiz ham mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot davomida o'rtoqlik o'yini tashkil qilishi ham mumkin, hech bo'lmaganda ikkiga bo'linib o'ynaydi yoki o'zining yoshlar jamoasiga qarshi. Mana shu mashg'ulotlar va o'yin hujumchimiz uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin. Agar "Monca"ga o'tadigan bo'lsa, uni shahsan o'zi terma jamoa bosh murabbiyidan "javob" olishi kerak. Aslida 2023 yilgi Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etishimiz uchun ham SHomurodovning o'yin amaliyoti muhim rol o'ynaydi. Demak, O'FAdagilarni o'zi Eldorga bu paytda teginmasligi kerak.

Katanec familiyaga qarab tarkib tanlashiga odatlanib bo'ldik. Demak, yaxshi holatda bo'lsa ham, o'yin amaliyotisiz SHomurodov asosiy tarkib o'yinchisi. SHuning uchun ham biz Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan o'yinda Eldorga dam berishimiz kerak. U yaxshisi Italiyadagi mashg'ulotlarni qo'yib yubormasligi kerak. "Roma"da qolgan taqdirda, ikki haftaga yaqin terma jamoaga ketgan o'yinchi Mour tomonidan to'g'ri qabul qilinmasligini va uni keyingi o'yinlarda, zaxira o'rindig'iga ham o'tkazmasligi mumkinligini ham inobatga olishimiz kerak. Istaymizmi, yo'qmi portugaliyalik murabbiy uchun SHomurodov terma jamoaga borib o'ynab keladigan Dibalachalik ahamiyat kasb qilmaydi.



Qolaversa, Kosta Rika biz bilan zaxiradagi o'yinchilarini sinab ko'rmoqchi ekanligi haqidagi gaplar ham yo'q emas. Ular 23 sentyabr kuni Janubiy Koreya bilan asosiy tarkibni tushirishni reja qilgan. Janubiy Koreya asosiy raqib sifatida qaralishiga sabab, ular JCHning E guruhida Ispaniya, Germaniya va koreyslarning yon qo'shnisi Yaponiya bilan bir guruhdan joy olganlar. 23 nafar futbolchi bilan Seulga keladigan Luis Fernando Suares faqat 11 nafar futbolchisini o'ynatib ketmaydi. Mantiqan o'ylasak, u zaxirada qolgan o'yinchilarni ikkinchi uchrashuvda sinab oladi.


Terma jamoa futbolchilariga allaqachon takliflar yuborilgan. Hozircha yig'inga kim jalb qilinganligi haqidagi rasmiy yangilik elon qilinmadi.


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика