SHomurodov "Kalyari" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi: "Yangi sarguzashtlarga tayyorman"
24 iyu 2023 22:44
Yangiliklar


SHomurodov "Kalyari" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi: "Yangi sarguzashtlarga tayyorman"
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov bugun "Villa Styuart"ga kelib, yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Kalyari" SHomurodovni 9 million evro evaziga keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi. Ijara summasi 1 million evroni tashkil etadi.
Ijara muddati davomida SHomurodov maoshining yarmini "Roma" to'laydi. Agar hujumchi to'laqonli ravishda sardiniyaliklar safiga o'tsa, 2027 yilgacha shartnoma imzolanadi.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida jami 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Men yangi sarguzashtlarga tayyorman. "Kalyari"ga kelganimdan juda xursandman", deya SHomurodovning so'zlaridan iqtibos keltiradi Janluka Di Marcio.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar