So’nggi yangiliklar

23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  21 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  3 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  17 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  36 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  510 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   3 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  8 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  5 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  58 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5

SHomurodov "Inter"ga qarshi, "Roma" - "Milan" va A Seriya boshqa o'yinlari prevyusi Yangiliklar

SHomurodov "Inter"ga qarshi, "Roma" - "Milan" va A Seriya boshqa o'yinlari prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi turiga start beriladi.

"Verona" — "Yuventus"

"Mastiflar" ("Verona")ning himoya chizig'ida muammolar yuzaga kelgan. CHekkerini va Kolli hamda hujumchi Kalinich jamoaga yordam bera olmaydi. SHu sababli ham Lazanya oldinroqda harakat qiladi. Futbolchi o'tgan uchrashuvda ko'plab imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi va bu safar xatosini to'g'rilashga urinib ko'radi. "Yuventus"da yo'qotishlar ko'proq desak mubolag'a bo'lmaydi, lekin turinliklarda tanlash imkoniyati ham kengroqliginida takidlash lozim. Kellini, Bonuchchi, Danilo va Kuadrado bo'lmaydi, demak himoyada eksperimentlarni kutsak arziydi. Pirlo ECHL javob bahsini ham unutmasligi zarur. SHu sababli hujum chizig'ida Kulushevski va Kezani ko'rishimiz ehtimoli yuqori.

Birinchi davrada ushbu jamoalar kutilmaganda 1-1 durangni qayd etishgan. O'shanda "Verona" futbolchilari yaxshi himolangandilar va bu safar o'sha ishni takrorlashga urinib ko'radilar. Ha, "Yuventus" hayoli ECHL uchrashuvida bo'lsada, Seriya Adagi ochkolar ham turinliklar uchun zarur.


"Inter" — "Jenoa"

Xakimining yo'qligi Konte uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Yaqin o'tmishda Bundesligani yondirgan futbolchisiz hozirgi "Inter"ning o'ng qanotini tasavvur qilib bo'lmaydi. Katta ehtimol bilan uning o'rnini Darmian egallaydi, boshqa chiziqlar esa "Milan"ga qarshi bellashuvdagidek bo'lishi kutilmoqda. Hozir eksperiment qilishning vaqti emas. "Jenoa" Balardini qo'l ostida sifatli o'yin namoyish etib, yaxshi seriyani qayd etmoqda. Ammo Pellegrini va Biraski bu bahsda "griffonlarga" yordam bera olmaydi. Bu esa himoyachilarning ishini yanada ko'paytiradi. Hujum chizig'ida bu safar kim asosiy tarkibdan o'rin olishi qiziq. O'tgan turda zaxiradan maydonga tushib gol urgan SHomurodov bu safar ilk daqiqalardan kurashga kirishadi deb umid qilamiz.

Birinchi davrada Genuedagi bellashuv ancha sokin ruhda kechgan va "Inter" 2-0 hisobida zafar quchgandi. Bu safar ham Konte shogirdlari favorit, ammo nazarimizda bukmekerlar "Jenoa"ga juda past baho berishmoqda. Konte jamoasi bazan "grifonlar" kabi yopiq o'yin ko'rsatadigan klublarga qarshi qiynaladi. SHu sababli "Inter"ga oson bo'ladi deyishga shoshilmagan maquldek.


"Roma" — "Milan"

Paulo Fonseka jarohatlar bilan kurashishdan charchadi, unga havas qilib bo'lmaydi. Hujumchi Jekoning o'ynay olmasligi aniq bo'lib ulgurgan, bosniyalik futbolchi "Braga" bilan o'yinda jarohat sabab alishtirilgandi, qo'shimchasiga Ibanes va Santon ham safdan chiqdi. Smolling ham yo'qligini inobatga olsak, hali to'liq tayyor bo'lmagan Kumbulla hech bo'lmaganda zaxira o'rindig'ida o'tirishi talab qilinadi. Ijobiy yangiliklardan yarim himoyada muammo yo'qligini aytish mumkin. Piolida bu kabi muammo yo'q. Milanliklar tarkibida Dias ham safga qaytdi, bu esa hujumda qo'shimcha variantlarni taqdim etadi. Benasser esa xuddi Manjukich singari yana jamoasiga yordam bera olmaydi. Bundan kelib chiqadi-ki, Kessie va Tonalliga alternativ variant yo'q.

Birinchi davrada "Milan" va "Roma" yorqin uchrashuv namoyish etishgan hamda 3tadan gol urishgandi. Bu safar ham klublardan tomoshabop, gollarga boy o'yin kutishga asoslar etarli. Har ikki jamoaning himoya chizig'ini o'ta ishonchli deb bo'lmaydi. Oxirgi o'yinlar va ularning natijasidan kelib chiqsak, "Roma" biroz ustunlikka ega.


"Sampdoriya" — "Atalanta"

Adrien Silva diskvalifikaciya qilingan, lekin "Sampa" muxlislari baxtiga Torsbi sog'ayib safga qaytgan ko'rinadi. Aynan u maydon markazidagi bo'shliqni to'ldirishi kutilmoqda. Ammo Kolli va Torregrossa xizmatlaridan hozircha foydalanishning imkoni yo'q. Mezbonlar hujum chizig'ida esa Balde Keyta - Kvalyarella  juftligini ko'rsak ajab emas. 

Gasperini esa katta ehtimol bilan Duvan Sapataga dam beradi, shu sabab Murielning yonida Malinovskiy va Miranchuk harakat qilsalar kerak. Har holda mister mashg'ulotlarda aynan shu ikki futbolchini tayyorlab bormoqda. Ilichich esa, xuddi Pessina kabi hozir yaxshi sport formasida emas. Bu narsani "Real"ga qarshi bellashuvda ham sezish qiyin emasdi.

Qiziq tomoni o'zaro uchrashuvlarning oxirgisi, Bergamoda "Sampdoriya" 3-1 hisobida zafar quchgan. Endi "Atalanta" safarda raqibini xafa qilishga urinadi, hozirgi vaziyatda "Real" bilan omadsiz bahsni unutish uchun ham Gasperini shogirdlariga g'alaba zarur. O'sha kecha hujumkor o'yinini ko'rsata olmagan "Atalanta" bor alamini "Sampdoriya"dan olishi hech gap emas.


"Bolonya" — "Lacio"

Mezbonlar ustozi Mixaylovich qanotga kimni qo'yishga boshi qotgan. Tomiyasu va Xikki bu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Yana Farago ham bo'lajak bahsni o'tkazib yuboradi. Hech bo'lmasa Deyks va Di Silvetri qaytgani hamda balki o'yinga tushirilishi mumkinligi Sinishani biroz ko'nglini ko'targani turgan gap. Hujum chizig'ida esa odatga ko'ra Orsolini va Sansonedan oldinroqda Barrou harakat qiladi. "Lacio"da asosiy posbon Strakosha va Kaysedo jarohatidan forig' bo'ldi, lekin asosiy tarkibda ularni ko'rmasak kerak. SHuningdek, ikki braziliyalik Leyva va Luis Felippening ham maydonga tushishi so'roq ostida. Umuman olganda, "burgutlar"ning asosiy tarkibi, agar charchoq yoki jarohat aralashmasa, "Bavariya" bilan o'yindagidan keskin farq qilmaydi.

Birinchi davra o'yini rimliklarning minimal hisobdagi g'alabasi (2-1) bilan yakunlangan. Bukmekerlar bo'lajak bellashuv oldidan ham aynan "Lacio"ni favorit sifatida ko'rishmoqda. Albatta ECHL yo'llanmasini chindan qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, "Lacio"ning qoqilishga haqqi yo'q.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика