Shohruz Norxonov uylandi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2018, 19:27
Bugun "So'g'diyona" hujumchisi, jizzaxlik futbol ishqibozlaring sevimlisi Shohruz Norxonov bo'ydoqlik bilan xayrlashib, yangi hayotga qadam qo'ymoqda.

Shu munosobat bilan “So'g'diyona”  PFK  rahbariyati, murabbiylar shtabi va barcha futbolchilar nomidan Shohruzni tabriklaydi. Iqtidorli futbolchimizga yangi hayotida baxt, omad yor bo'lishini tilaydi. Azizaxon bilan shirindan shakar farzandlarning ota-onasi bo'lib, baxtli umr kechirishlariga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan
“So'g'diyona” PFK

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia