So’nggi yangiliklar

23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  0 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  25 21:18"Тоттенхэм" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 21:02"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  16 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  21 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  6 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4

SHohruz Norxonov: Termada imkoniyat berishsa, albatta, gol uraman Yangiliklar

SHohruz Norxonov: Termada imkoniyat berishsa, albatta, gol uraman

Oliy ligada tur o'yinlari kam qolgani sari kurash avjiga chiqyapti. CHempionlik va sovrinli o'rinlardan ko'ra, kuchlilar safida o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurash qizg'in tus olmoqda.

Oliy liga debyutanti Obod ham elitada qolish uchun astoydil harakat qilyapti. Poytaxt jamoasi mavsumni yomon boshlamagan edi. Lekin beshinchi turdan so'ng klubning ishlari orqaga keta boshladi. Jamoada murabbiylar almashinuvi yuz berdi. Ammo so'nggi turlarda Obod futbolchilari yana o'zlariga kelib olishdi. Avvaliga Navbahor yirik hisobda mag'lub etildi. Keyin esa tarixiy chempionlik sari dadil odimlayotgan Lokomotiv maydonida g'alabaga teng durangga erishildi. Mavsum kashfiyotlaridan biri SHohruz Norxonov zaxiradan maydonga tushib, chiroyli uslubda Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol qildi. Bu SHohruzning chempionatdagi o'n uchinchi goli bo'ldi. To'p kiritilgan vaziyatda Nesterov ham, tajribali serbiyalik himoyachi Nemanya Yanichich ham yosh hujumchini to'xtata olishmadi. Biz uchrashuvdan so'ng chempionat to'purarlari safida borayotgan futbolchidan intervyu oldik.

- SHohruz, chempionlik va aksincha, oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalar o'rtasidagi o'yinga qay tarzda tayyorgarlik ko'rgan edinglar?


- Uchrashuv oldidan deyarli hech kim Lokomotivning g'alabasiga shubha qilmagandi. Hatto yirik hisob qayd etiladi, deganlar ham juda ko'p bo'ldi. Lekin biz bu uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Biroz kutilmaganda jamoamiz murabbiylari boshqacha yurish qilishdi. Yani, asosiy tarkibning bir necha futbolchilari zaxirada qoldirildi. Bu holatni mezbonlar ham kutishmagan edi. Menimcha, aynan zaxirada o'z navbatini kutib o'tirgan futbolchilar kuchli jamoaga qarshi o'z xarakterlarini namoyish etishdi. O'zlariga berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishdi. Tan olish kerak, bu o'yinda omad ham biz tomonda bo'ldi. Ikkinchi bo'limda hisobni ochib olganimiz ishimizni ancha engillashtirdi. Bevosita o'tkazib yuborilgan golga kelsak, o'sha vaziyatda tajriba o'z so'zini aytdi. SHubhasiz, durang  biz uchun g'alabaga teng.

- Asosiy tarkib futbolchilarining zaxirada olib qolinishi ijobiy natijaga umid yo'qligidanmi yoki keyingi o'yinga kuch saqlab qolishga qaratilgan taktikamidi?


- Menimcha, ikkinchi variant to'g'riroq. Lekin hech bir futbolchimiz maydonga mag'lubiyatga uchraymiz, deb tushgani yo'q. Ikkinchi bo'limda Doniyor Hasanov, Temur Hakimov va men maydonga tushdik. Bu o'zgarishlardan so'ng o'yinimiz yanada kuchaydi. Natijada kuchli raqib darvozasini ishg'ol qildik. Milliy terma jamoamizning eng tajribali posboni qo'riqlayotgan darvozaga gol urganimdan xursandman.

- Obod biroz kech uyg'onmadimi? Birinchi davrada bunday yorqin o'yin ko'rsatishinglarga nima xalal berdi?


- Yangi jamoa bo'lganimiz va tajribaning kamligi uchun aksariyat o'yinlarda ishimiz yurishmadi. Ikkinchi davrada esa hech bir jamoadan qo'rqmagan holda o'yinlarni o'tkazyapmiz. Bu esa o'z natijasini bera boshladi.

- Murabbiylar almashinuvi ham salbiy natijaga tasir o'tkazdimi?


- Bunday demagan bo'lardim. Maydonda baribir, futbolchilar harakat qilishadi. To'g'ri, taktikalarda kichik o'zgarish kuzatildi. Lekin bu o'yinimizda pasayish bo'lishiga xizmat qilmadi.

- Jafar Irismetovning jamoaga bosh murabbiyi bo'lishi shaxsan sizga ko'proq foyda keltirsa kerak. Har holda mashhur hujumchimiz forvardlar qanday ishlashi kerakligini juda yaxshi biladi. U siz bilan bu borada alohida suhbat o'tkazdimi?


- Albatta. Jafar aka menga tegishli ko'rsatmalarni berdilar. Hujumchi maydonda qanday harakat qilishi, sovuqqon bo'lishi kabi jihatlarni aytib o'tdilar.

- Yulduzlik kasali degan tushuncha bor. Ayniqsa, mazkur holat yosh futbolchilarimizga xos. Siz bu narsadan yiroqmisiz?

- Albatta, yulduzlik kasali faoliyatimning so'ngiga qadar menga begona bo'lib qolishi uchun harakat qilaman. Ustozlarimning o'gitlarini hech qachon unutmayman. SHu bilan birga, ishlashdan, mehnat qilishdan to'xtamayman.

- Qisqa fursat ichida milliy jamoadan taklif oldingiz. Yig'inlarda ishtirok etdingiz. Taassurotlar qanday?


- Men uchun kutilmagan taklif bo'ldi. Har bir futbolchida bo'lgani kabi menda ham qachonlardir bosh jamoa libosini kiyish orzusi bor edi. Lekin milliy termadan bu darajada tez chaqiruv olaman, deb o'ylamagandim. CHunki oliy ligada ilk mavsumimni o'tkazyapman. Etakchi klubda o'ynamayapman. SHu sababli ham buni kutmagandim. Lekin umid bor edi. Mashg'ulotda ishtirok etganim, bir paytlari o'zim havas qilgan mashhur futbolchilar bilan elkama-elka o'ynaganim men uchun ertakdek tuyuldi. qisqa fursatli o'quv-mashg'ulot yig'inidan juda ko'p narsa oldim. O'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi.

- SHohruz, oldinda terma jamoamizni ikkita muhim o'yin kutib turibdi. Bu bahslardan nimalar kutyapsiz?


- Agar meni yana bir bor terma jamoaga taklif qilishsa va hech bo'lmasa, besh daqiqa o'ynash uchun imkon berishsa, albatta, o'zimni ko'rsataman. Murabbiylar bildirgan ishonchni oqlab, raqib darvozasini ishg'ol qilaman. Men o'yinga har qachongidan ham chanqoqman. Ishonch bildirishsa bo'lgani. Hozir terma jamoamizda juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan. Eron va Xitoy terma jamoalari mag'lub etilsa, jahon chempionatiga chiqish vazifasi deyarli 80 foizga bajariladi.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика