So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

SHohruz Norxonov: “Ob-havo qanday bo'lishidan qatiy nazar g'alaba qozonishga harakat qilamiz” Yangiliklar

SHohruz Norxonov: “Ob-havo qanday bo'lishidan qatiy nazar g'alaba qozonishga harakat qilamiz”

Teglar :  SHohruz Norxonov
Bugun milliy chempionatimizning 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z uyida Toshkentning “Obod” klubini qabul qiladi. Bugungi uchrashuvdan oldin “Obod” jamoasi hujumchisi SHoxruz Norxonov o'z fikrlarini bildirdi. 

“Milliy terma jamoamiz JCH-2018 saralash bahslarida qatnashgani sababli ichki chempionatimizda biroz tanaffus bo'ldi. Ushbu to'xtalish paytida o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmasdan “So'g'diyona” jamoasiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. O'tkazilgan mashg'ulotlar davomida ko'proq jismoniy holatimizga etibor qaratdik. To'g'ri, birinchi davrada ushbu jamoani o'z uyimizda mag'lub etgandik. Bugungi o'yin qanday bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. “So'g'diyona” jamoasini har tomonlama o'rganib chiqdik. Tarkibimizda hech qanday yo'qotishlar yo'q. Barcha futbolchilar bugungi uchrashuvga tayyor. Musobaqa jadvalida bizni taqib qilib kelayotgan jamoalar ham mehmonda bahs olib boradi. SHuning uchun ham bugungi bahsda iloji boricha 3 ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak. Avvaldan aytib o'tganimdek, biz uchun har bir ochko suv va havodek zarur. Birinchi davrada “So'g'diyona” uyimizda mag'lub bo'lgani uchun, bugun bizga qarshi bor kuchi bilan g'alaba qozonishga harakat qiladi. Ushbu jamoani muxlislari yaxshi qo'llab-quvvatlashadi. Lekin biz bunga etibor bermasdan o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Ob-havo qanday bo'lishidan qatiy nazar g'alaba qozonishga urinamiz. Farg'onaning “Neftchi” jamoasini mag'lub etganimizdan so'ng, barcha futbolchilarni kayfiyati ko'tarilib ketdi. Bugun g'alaba uchun maydonga tushamiz” - deydi “Obod” klubi futbolchisi SHoxruz Norxonov

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика