So’nggi yangiliklar

23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0

SHohruh Ishanov: "Katta futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Buyog'iga yoshlarga ishonamiz" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Katta futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Buyog'iga yoshlarga ishonamiz"

"Andjon-SGS" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro Liganing 15-tur o'yinidan (0:0) so'ng mezbon jamoa ustozi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

SHohrur Ishanov: "Yigitlarga rahmat, bugun bor kuchini ishga solishdi. Oldinda yana 6ta bahs bor, tayyorgarlikni davom ettiramiz".

- Bugungi bahsda tarkibda rotaciyalar ko'p edi, bu taktik yurishmidi?

- Ushbu uchrashuvda yoshlarga ishonch bildirdik va ular ishonchni oqlashdi. Bu g'alabaga teng durang deb o'ylayman.

- Jamoaga yangi qo'shilgan Xushnud Avilov 2 turdan beri jamoada ko'rinmayapti...

- U yo'qligi sababini bilmaymiz. Telefon qildik, bog'lanishga urindik. Ertaga yana urinib ko'ramiz.

- Bir necha kun oldin "Andijon-SGS" futbolchilari kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani tufayli jazolanishdi. Bu voqealardan xabaringiz bormidi?

- Yo'q, bu biz uchun kutilmagan hol bo'ldi. Yaxshi ish qilishmadi. CHunki bir tadbirkor kuchli jamoa yaratish niyatida "Andijon-SGS"ni tashkil qilgan. Biroq katta futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Buyog'iga yoshlarga ishonamiz.

- "Andijon-SGS" may oyidan beri g'alaba qozona olmayapti. Bunda o'zingizni aybdor deb hisoblaysizmi?

- Mag'lubiyat murabbiyniki. Biroq qo'limizdan kelgancha ishlayapmiz. Xudo xohlasa hammasi yaxshi tomonga o'zgaryapti.

- G'alaba qozonish uchun jamoaga nima etishmayapti?

- Sodir bo'lgan ishlar jamoamizga jiddiy tasir qildi. CHunki ular asosiy futbolchilar edi, yoshlar esa ularga intilishayotgandi. Jamoa 3-4 kishiga bog'lanib qolmasligi kerak, yoshlar bilan ishlayapmiz. Kelajakda ular o'z so'zini aytadi.

- Maydon sifatida o'yinga qanchalik tasir ko'rsatdi?

- Katta. Maydon sifati yaxshilanishiga umid qilamiz. Yigitlar juda qiynalishdi. Uzatmalarda muammolarga duch keldik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика