So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  5 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

SHodiyor Hojimatov: "Neftchi"da to'p tepish doim masuliyat va bosim yuklaydi" Yangiliklar

SHodiyor Hojimatov: "Neftchi"da to'p tepish doim masuliyat va bosim yuklaydi"

Pro liga 15-turida "Neftchi" safarda "SHo'rtan"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu o'yindan so'ng "Neftchi"ning iqtidorli yosh futbolchisi SHodiyor Hojimatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu mavsum "SHo'rtan"ga qarshi uch marotaba maydonga chiqqan bo'lsak barchasida mag'lub bo'lgan edik. SHuning uchun G'uzorga yaxshi tayyorgarlik bilan kelgandik. Jamoamizda xohish ham yuqori bo'ldi. Xudoga shukur yuzimiz yorug' bo'ldi. "SHo'rtan" Pro ligada yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Ular ham bizga qarshi munosib harakat qilishdi va qarshilik tug'dirishdi. 

Ha, to'g'ri jamoamiz avvalgi yillarga qaraganda yoshargan. "Neftchi"da to'p tepish doim masuliyat va bosim yuklaydi. Bunga yarasha harakat qilmoqdamiz. Masuliyatni kattaligi bir tomondan yoqimli. Buyog'iga har bir o'yin olti ochkolik hisoblanadi. Natija uchun o'ynaymiz, chunki natija doim birinchi o'rinda turadi.

Butun farg'onalik muxlislar jamoamizni Superligaga qaytishini istaydi. Biz ham o'z o'rnida "Neftchi"ni elitaga qaytarishga qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz",- deydi SHodiyor Hojimatov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика