SHmeyxel "Futbol uyga qaytyapti" jumlasi haqida: "U biror marta bo'lsa ham qaytganmi? Angliya o'zi nimadir yutganmi?"
07 iyu 2021 18:32
Yangiliklar
SHmeyxel "Futbol uyga qaytyapti" jumlasi haqida: "U biror marta bo'lsa ham qaytganmi? Angliya o'zi nimadir yutganmi?"
Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper SHmeyxel Evro-2020 yarim finaladagi Angliyaga qarshi bellashuv haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– Siz "U [futbol] uyga qaytmoqda" jumlasini (It’s Coming Home – Angliya termasining o'z uyida o'tgan Evro-1996 uchun maxsus qo'shig'i) eshitgandirsiz? O'z o'rnida siz u uyiga qaytmasligi uchun nima qila olasiz?
– Umuman olsak, u biror marta bo'lsada uyga qaytganmi? Men bilmasakanman, sizlar biror marta [Evroda] o'zi g'olib bo'lganmisizlar?
– 1966 yil...
– U jahon chempionati edi, – kulib qo'ydi SHmeyxel.
Fikrlar