SHirer: "Xoland har mavsumda 50-60ta gol ura oladi"
19 mar 2023 15:51
Yangiliklar


SHirer: "Xoland har mavsumda 50-60ta gol ura oladi"
Sobiq futbolchi Alan SHirerning fikriga ko'ra, "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland har mavsumda 50-60ta gol urishi mumkin.
"Xoland - maxluq. U gol uruvchi mashina. U gol bilan yashaydi va nafas oladi. Gol ura olmasa, kechalari uxlolmay chiqadi. U yana, yana va yana gollar urishni istaydi.
U aqlbovar qilmas futbolchi, uning jamoasi esa shunchaki orzu edi. Bu jamoa juda ko'p vaziyat yaratadi. Xoland mavsumda 50ta, balki, 60ta ham gol urishi mumkin. SHunchaki daxshat", - dedi APL tarixidagi eng yaxshi to'purar SHirer.
22 yoshli forvard ushbu mavsum "Siti" tarkibida 37 o'yinda 42 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar