So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  25 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  10 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

SHimoliy London derbisi yoki ikki azaliy raqiblarning jangi Yangiliklar

SHimoliy London derbisi yoki ikki azaliy raqiblarning jangi

Bugun Angliya Premer-ligasining 12-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu turning ilk uchrashuvi markaziy o'yin hisoblanadi va futbolni sevuvchi muxlislar ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun ishlarini yig'ishtirib, stadionga otlanishadi yoki televizor oldiga joylashishadi. Gap "Arsenal" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi bahs haqida ketmoqda. Londonning shimolida joylashgan bu ikki klub azal-azaldan bir-birini chiqishtirmaydi va har mavsum raqibidan balandroq joyni egallashga harakat qiladi. Bugun xuddi shu mag'rur jamoalarning navbatdagi jangi. Hozir bu jamoalarning Premer-ligadagi o'zaro 50ta o'yini, qiziq malumotlari va taxminiy tarkiblari haqida to'xtalamiz.

O'ZARO O'YINLAR

"Arsenal" va "Tottenxem" hozirgacha Premer-liga doirasida 50 marta to'qnash kelishgan. Bu janglarning 18tasi "to'pchilar", 11tasi esa "shporlar"ning g'alabasi bilan yakun topgan. Eng ko'p qayd etilgan natija durang (21ta). Bu statistik malumotlarga qarab Arsen Venger shogirdlari ustunlikka ega deb o'ylashingiz mumkin, ammo ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5ta bahsda 3ta durang qayd etilgan, 2ta g'alaba esa "shporlar" hisobida. "Real" kabi superklubni taslim eta olgan Maurisio Pochettino jamoasi "to'rtinchi"larni ham engishga qodirligini ko'pchilik sezib turibdi.

"Arsenal"

O'yinlar soni

"Tottenxem"

18
G'alabalar
50
G'alabalar
11
13
Uyda
Uyda
9
5
Mehmonda
21ta durang
Mehmonda
2


QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

  • "Arsenal" "Tottenxem"ga qarshi so'nggi oltita bahsda biror marta ham "shporlar"ni mag'lub eta olmagan.
  • Garri Keyn Premer-ligadagi so'nggi 5ta London derbisida 6ta gol urgan. Faqat Emmanuel Adebayor (8) va Rober Pires (7) bu jamoalar to'qnashuvida undan gol urishgan.
  • Maurisio Pochettino hozirgacha shimoliy London derbisida biror marta mag'lub bo'lgani yo'q (2ta g'alaba, 4ta durang), biroq u "Emireyts" stadionida o'tkazgan so'nggi 3ta o'yin durang bilan yakunlangan.


TAXMINIY TARKIBLAR

"Arsenal" hujumchisi Olive Jiru ushbu uchrashuvda ishtirok emasligi oydinlashib bormoqda. SHkodran Mustafi va Denni Uelbeklarning maydonga tushishi so'roq ostida.

"Tottenxem"ning asosiy futbolchilari Garri Keyn, Dele Alli, Garri Uinks, Ugo Loris va Mishel Vorm umumiy guruhda ishlashmoqda. Tobi Alderveyreld va Viktor Vanyama bu bahsda maydonga ishtirok etishmaydi.

APL. 12-turning taxminiy tarkiblari FOTO

MURABBIYLAR FIKRI


Arsen Venger: "Bu derbi doimo kurashlarga boy bo'lgan. Biz hissiyotlarni jilovlab, diqqatni bir joyga jamlab, sovuqqonlik bilan o'ynasak g'alaba bizniki bo'ladi".

Maurisio Pochettino: "Bu bahs 3 ochkodan ko'ra kattaroq ahamiyatga ega. Hissiyotlarga to'la o'tadigan bu bahsda faqat 3 ochko uchun o'ynamaymiz".


Arsenal

Shkodran Mustafi - 36', Alexis Sanchez - 41'

Premier League . 12-tur

18/11/2017, 17:30

0
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: Emirates Stadium, 59530 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
32'  Granit Xhaka
36'  Shkodran Mustafi
36'  Mesut Ozil
38'  Alexis Sanchez
41'  Alexis Sanchez
41'  Alexandre Lacazette
48'  Shkodran Mustafi
73'  Nacho Monreal
73'  Alexandre Lacazette (Francis Coquelin)
84'  Mesut Ozil (Alex Iwobi)
50'  Harry Kane
62'  Mousa Dembele (Harry Winks)
75'  Harry Kane (Fernando Llorente)
75'  Dele Alli (Heung-Min Son)

Saytimiz muxlislari bu derbi haqida qanday fikrda? Qaysi jamoa yaxshi formada? ularning qay biri bugun g'alaba qozonadi?

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика