SHimoliy Koreya FIFA tomonidan jarimaga tortildi
02 apr 22:12
Yangiliklar
SHimoliy Koreya FIFA tomonidan jarimaga tortildi
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) Tartib-intizom qo'mitasi Pxenyanda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan SHimoliy Koreya — Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv bekor qilinigani munosabati bilan mehmonlar foydasiga texnik g'alaba yozilishini malum qildi. Bu haqda avvalroq xabar bergandik.
SHuningdek, tashkilot rasmiy sayti orqali jazo tafsilotlarini elon qildi. Unga ko'ra, SHimoliy Koreya futbol associaciyasi 10 ming SHveycariya franki (taxminan 11 ming AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan uchrashuvi 26 mart sanasida o'tkazilishi kerak edi.
O'yin o'tkazish uchun SHimoliy Koreya maydon topa olmadi. Neytral maydonda o'tkazish borasidagi urinishlar samarasiz yakunlandi. Muqobil birorta mamlakat bunga rozilik bermagan. Natijada, Yaponiyaga uch ochko taqdim etildi va 12 ochkoga ega bo'lgan "samuraylar" keyingi bosqich masalasini muddatidan ilgari hal qilishdi.
Fikrlar