So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  2 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

SHerzod Hakimov: “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda yo'qotishlar bor edi” Yangiliklar

SHerzod Hakimov: “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda yo'qotishlar bor edi”

Oliy liganing 25-tur yakunlariga ko'ra, ramziy terma jamoa tuzib chiqqandik. Undan “Neftchi” hujumchisi SHerzod Hakimov ham o'rin oldi.
“Lokomotiv”ga qarshi baxsda farg'onalik hujumchi uzoq masofadan zarba yo'llagan xolda, raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etdi. Ammo "Neftchi" yakunda mag'lubiyatga uchradi.

- “SA” talqiniga ko'ra 25-tur ramziy terma jamoasidan o'rin egalladingiz. Bundan xabaringiz bormi?
 - Yo'q endi sizdan eshitib turibman. Agarda shunday bo'lsa, bundan xursandman.

- Aslida har bir turdan so'ng berib boriladigan ramziy terma jamoani kuzatib borasizmi?
- Ha, albatta. Bu har bir futbolchi uchun qiziqarli bo'lsa kerak. Lekin “Lokomotiv”ga qarshi o'yindan so'ng ramziy terma jamoadan o'rin egallashimni kutmagandim.

- Toshkentdagi o'yinda uzoq masofadan zarba berib gol urdingiz. SHunda tavakkal qilganmidingiz yoki ishonch bormidi?
- Albatta gol urishga harakat qilganman. Ishonch ham bo'lgan.

- “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda gol urishdan tashqari bitta golga assisentlik ham qildingiz. Umuman olganda shu kuni ko'rsatgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- O'yinimga munosib bahoni murabbiylar va muxlislar beradi. Lekin shaxsan o'zim qoniqdim deya olaman.

- Garchi jamoangiz ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsada, yakunda mag'lubiyatga uchradi. G'alabani saqlab qolish uchun nima etishmadi deb hisoblaysiz?
- To'g'ri, uchrashuv biz uchun avvaliga yomon boshlanmadi va birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdik. Bilasizmi bu o'yinda asosiy tarkibning uch nafar azosi Sardor Rahmonov, Akmal Xolmatov va Sardor Mirzaev jamoaga yordam bera olmadi. CHunki ular davralar oralig'ida aynan “Lokomotiv”dan o'tishgandi. SHuning uchun o'zaro kelishuvga binoan ularning o'ynashiga ruhsat yo'q edi. 


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика