SHerzod Hakimov: “G'alabalar vaqti keldi”
07 iyu 2017 14:41
Yangiliklar
SHerzod Hakimov: “G'alabalar vaqti keldi”
Aynan “Navbahor” to'sig'idan o'tish jarayonida SHerzodning Farg'ona va Namanganda urgan gollari ikki o'yin natijasiga ko'ra chorak final chiptasini “Neftchi”ga taqdim etdi. Ayni paytda “Dinamo” jamoasiga qarshi bellashuvga hozirlik ko'rayotgan SHerzod Hakimov “Neftchi” rasmiy sayti uchun intervyu berib o'tdi.
– Jamoamiz yangi bosh murabbiy Vadim Abramov qo'l ostida keyingi o'yinga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Vadim Karlenovichni qanday saviyadagi murabbiy ekanligini barcha yaxshi biladi. Ushbu mutaxassis bilan yuqori natijalar sari olg'a bormoqchimiz. Bu borada muxlislarning daldasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kubok doirasida keyingi bosqichga chiqdik va bu boradagi imkoniyatlarimiz yomon emas. Nasib qilsa, nafaqat chempionat, balki kubok o'yinlarida ham yaxshi natijalar qayd etishni niyat qilganmiz. Men har bir o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun maydonga chiqaman. Bu mening vazifam. “Dinamo”ga qarshi o'yin yaqinlashmoqda. Ushbu raqobatda bizni faqat muvaffaqiyat qoniqtiradi. Bu orqali “Neftchi”ning jonkuyar muxlislarini xursand etishni istaymiz. G'alabalar vaqti keldi, – dedi Hakimov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar