So’nggi yangiliklar

17:54"Челси" — "Лестер" ва "Тоттенхэм" — "Борнмут" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 17:46ЎФА Тиббий қўмитаси Суперлиганинг 12 футболчиси даволаниши лозимлигини қайд этди  1 17:26Суперлига. "Хоразм" - "Шўртан" (матнли трансляция)  9 17:23ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Актобе"га имкониятни бой берди, меҳмонлар сафида уч нафар ўзбекистонлик ўйинчи асосий таркибда тушди  0 17:00"Хетафе" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  1 16:37МЮ Зиркзеедан мамнун ва уни ёзда сотмоқчи эмас. Ҳужумчи 41 ўйинда 6+2 қайд этди  2 16:05Итсуки Урата: "Нефтчи" билан ўйин энди тарих, биз навбатдаги учрашувга тайёргарликни бошлаймиз"  0 15:55"Ливерпуль" Нуньесга ўринбосар бўладиган футболчи учун 50 млн евро тўлашга тайёр  0 15:25Тошкентда "Бунёдкор" ва "Нефтчи" ўртасида тўртта тўп киритилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:21Зоран Марушич: "Насаф"даги чемпионликни "Нефтчи" билан такрорлашни истайман"  3 15:13ЎзПФЛ наманганлик футбол мухлисларига мурожаат қилди  35 15:01Одил Ҳамробеков: "Бунёдкор" қайси ўринни эгаллайди? Жадвалга кузда қараймиз"  0 14:40Эшитдик-да! Тез орада Ўзбекистон Суперлигаси ўйинлари 10 та камерада тасвирга олинади  15 14:31Кими Мерк янги клуби билан шартнома имзолади  0 14:02Элит ОЧЛ. Нимчорак финалнинг дастлабки баҳслари учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Пахтакор" ўйинчиси ҳам ўрин олди  8

SHerzod Fayziev: “Raqobatdan qo'rqqanimda futbolchi bo'lmas edim” Yangiliklar

SHerzod Fayziev: “Raqobatdan qo'rqqanimda futbolchi bo'lmas edim”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan o'z safiga SHerzod Fayzievni qo'shib oldi. “Mashal” himoyachisi faoliyatini oliy liga grandi safida davom ettirishga qaror qildi.

“Temiryo'lchilar” safidagi kuchli raqobat tufayli ko'pchilik Fayziev asosiy tarkibga kirishga qiynaladi deb o'ylagandi. Biroq murabbiylar himoyachiga ishonch bildirib deyarli barcha o'yinlarda asosiy tarkibda o'ynatishmoqda. Goh markazda, goh qanot himoyasida o'ynayotgan Fayziev bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- SHerzod Fayzievning bolaligi qanday o'tgan?
- Sirdaryo viloyati Baxt shahri 32-maktabda o'qiganman. Maktabda birinchi o'qituvchim Hasan aka Yo'ldoshev bo'lgan. O'ktam Mamatqulov ham menga saboq berganlar. Bu maktabda 4 yil o'qib 5-sinfdan Yangier futbol internatiga o'qishga kirganman. U erda To'rabek aka Egamberdiev qo'l ostida 4 yil tahsil olganman. Aynan shu inson futboldagi mening birinchi murabbiyim bo'ladi.

- Futbolga kirib kelishingiz qanday sodir bo'lgan. Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Futbolga kirib kelishimga oilam sababchi bo'lgan. Oilamdagilar, ayniqsa dadam futbolning haqiqiy muxlisi. Hozirda “Lokomotiv” qaerda o'ynasa ham har bir o'yinimni qoldirmaslikka harakat qiladilar. Akam Sanjar ham Yangier futbol maktabida o'qigan. Rustam Qodirov, Jasur Hasanov va Ilhom Suyunov kabi futbolchilar bilan birga to'p tepgan. Akamning o'yinlariga havas qilardim. Hujumchi bo'lgani uchun har bir o'yinda maydonni gol urmay tark etmasdi. Afsuski ayrim sabablarga ko'ra professional futbolchi bo'la olmagan. Akam futbolchi bo'la olmagani uchun uydagilar oldida men futbolchi bo'lishga vada berganman. Yangierda hozir “Paxtakor”da o'ynayotgan Davron Hoshimov bilan birga o'qiganman.



- "Mashal" akademiyasiga qanday borgansiz? Qaysi murabbiylar bilan ishlagansiz. Qaysi futbolchilar bilan birga o'qigansiz?
- Yangierdagi maktabni bitirgandan keyin “Mashal” akademyasiga taklif qilishgan. U erda Said Yusupovich qo'l ostida shug'ullanganman. Men bilan birga SHahzod SHaymanov, Jahongir Abdumo'minov, Ixtiyor Toshpo'latov bilan birga o'qigan. Olti oydan so'ng “Mashal-2” jamoasida o'ynay boshlagandik. Malum vaqtdan so'ng “Mashal” o'rinbosarlari safiga o'tganmiz.

“Mashal”ga o'tishimga Bahodir Davlatov sababchi bo'lgan. 2009 yil Bahrom Boyjonovich hamda “Mashal”ning ko'plab o'yinchilari “Nasaf”ga o'tib ketishdi. Bahrom Davlatov ishlagan paytda jamoa faqat 2 va 3-o'rinlada yurardi. 2006 yilda klub o'z tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashgandi. O'sha paytlarda jamoa safida juda kuchli futbolchilar o'ynashardi.

Keyin “Mashal” bor etiborini yoshlarni tarbiyalashga qaratdi. Akademiyada kuchli futbolchilarni etishtirib chiqarishga urg'u berildi. Mana hozirgacha “Mashal” akademiyasida o'qigan ko'plab yigitlar jamoaning asosiy tarkibida o'ynab kelishmoqda.

2012 yil “Mashal” birinchi ligaga tushib ketdi. Bir yildayoq yana oliy ligaga qayta oldik. 2014 yilda bizda OCHLga yo'llanma olish uchun imkoniyat bor edi. Hozir “Mashal” o'z mavqeini qayta tiklash uchun harakat qilmoqda. Akademiyadan chiqqan ko'plab yoshlar turli terma jamoalarga jalb qilinmoqda. Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov kabi futbolchilarni misol qilib ko'rsatsa bo'ladi. Aleksandr Xomyakov qo'l ostida futbolchi sifatida ancha o'sishga erishdim. Bu insondan minnatdorman.

- "Lokomotiv"ga kim taklif qildi? Kuchli klubga o'tishdan oldin qo'rquv yoki hayajon bo'lmadimi?
- “Lokomotiv”ga meni murabbiylari Mirko Yelichich va Andrey Miklyaev taklif qilishdi.  Xalqaro maydonda o'ynash istagi borligi uchun Toshkent klubiga o'tishga qaror qildim. “Loko”ga o'tishdan oldin hayajon bo'lgani yo'q. Sababi ko'plab o'yinchilar bilan oldindan do'stmiz. Yoshlar terma jamoasida birga o'ynaganmiz. SHu bois jamoaga tezda qo'shilib keta oldim.



- "Lokomotiv" O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri. Raqobat juda kuchli. Zaxirada qolib ketishdan qo'rqmadingizmi?
- Raqobat  bor joyda o'sish bo'ladi deyishadi. “Temiryo'lchilar” safiga o'tishimdan oldin bunday ohangdagi savollar bilan ko'p murojaat qilishdi. Agarda raqobatdan qo'rqqanimda umuman futbolchi bo'lmas edim va “Lokomotiv”ga o'tmagan bo'lardim. Mashg'ulotlarda bor kuchim bilan mehnat qilgan futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushadi. SHu bois zaxirada qolib ketishdan qo'rqmayman.

- Jamoada qaysi futbolchi bilan qolganlarga nisbatan yaqin bo'lib ketdingiz?
- “Lokomotiv”da barcha bilan yaxshi chiqishaman. Hamma bilan bir xil munosabatdaman. Futbolchilardan tortib xodimlarigacha. Klubdagi barcha bir biri bilan ahil. Ikrom Aliboev ham Yangier futbol maktabida o'qigan. U bilan yoshlikdan tanishmiz.

- OCHL haqida fikrlaringiz qanday? Raqiblar legionerlar stadionlar haqida...
- Osiyo chempionlar ligasiga kelsak hozir musobaqada kuchsiz jamoani o'zi yo'q. Har o'yin o'ziga xos finaldek o'tmoqda. Hech qaysi jamoa raqibga kurashsiz taslim bo'lmaydi. Bu men uchun katta maktab bo'lmoqda. Mana shunday kuchli o'yinlar orqali futbolchilar tajriba to'lab borishadi. Stadionlar alo darajada. “Al Ittihod”ga qarshi o'yindagi stadion eng yaxshisi deb o'ylayman. Muxlislar bilan to'la stadionlarning barchasi chiroyli ko'rinadi. Xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishda davom etmoqchimiz. Xudo xohlsada guruhdan birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqish niyatidamiz.

- Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli hujumchilar kimlar?
- Yurtimizda kuchli hujumchilar etarlicha. Kimnidir alohida ko'rsatishni istamasdim. OCHLda esa bizga qarshi o'ynagan har bir hujumchi xavfli va tajribali. “Al Ittihod”da Gelmin Rivas, “Sepaxon”da CHimba, “Al Nasr”da braziliyalik Nilmar bor. Jamoadoshalrim bilan birga ularga gol urish imkoniyatini bermaslikka harakat qildik. Futbol maydonida nomlar esa futbolchilar o'ynaydi.



- “Lokomotiv” anchadan buyon O'zbekiston chempioni bo'lishga urinmoqda. Sizningcha bu yil chempionlikka erisha olasizlarmi?
- “Lokomotiv”ning maqsadi oliy ligada chempion bo'lish va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish. CHempionat endigina boshlandi. Hali o'yinlar juda ko'p. Lekin har bir o'yinda g'alaba qozonishga erishsak albatta chempion bo'lamiz. CHempion bo'lish men uchun ham muhim. Bu yo'lda jamoa uchun borimni beraman. Asosiysi kutilmagan xatolaga yo'l qo'ymaslik va jarohatlardan holi bo'lish. Barcha masala kuzda hal bo'ladi.

- Muxlislarga tilaklaringiz...
- Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Muxlislardan stadionga kelib bizni qo'llab quvvatlab turishlarini tilayman. Biz esa o'z navbatida g'alabalar bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

- So'nggi savol, Evropada sevimli klubingiz bormi?
- “Real Madrid” klubining o'yinlarini kuzatib boraman. Bu yil jamoa Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lishi mumkin. Menimcha finalda “Bavariya” va “Real” to'qnashuvini ko'rsak kerak.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика