SHerzod Azamov: "Faoliyatimni tugatish haqida o'ylagandim"
23 iyu 2022 12:26
Yangiliklar
SHerzod Azamov: "Faoliyatimni tugatish haqida o'ylagandim"
Toshkentning "Paxtakor" klubi sardori Championat.asia mehmoni bo'ldi.
Tajribali SHerzod Azamov faoliyatining boshida qiyin kunlar bo'lganini esladi: "Faoliyatimni davom ettirolmasam kerak, deb ham o'ylaganman. CHunki eng qiyin "operaciya" belda o'tkaziladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi. Ko'p o'tmay, oyog'im ham singan. O'sha paytda qiynalganman. CHunki belda kuch yig'ish nisbatan mushkulroq.
Bu jarohat yoshlik qilib, noto'g'ri mashg'ulot o'tkazishim tasirida orttirilgan edi. Hozirgacha ham kichik asoratlari sezilib turadi".
Fikrlar