SHervud: "Agar Benteke mavsumni yaxshi o'tkazsa, "Real"ga o'tishi mumkin"
29 may 2015 13:15
Yangiliklar


SHervud: "Agar Benteke mavsumni yaxshi o'tkazsa, "Real"ga o'tishi mumkin"
"Aston Villa" bosh murabbiyi Tim SHervud hujumchi Kristian Benteke transferi haqida fikr bildirdi.
"Bentekening shartnomasida badal puli belgilab qo'yilgan. Agar biror klub unga shuncha pul berishni istasa va futbolchi ham shuni xohlasa Bentekeni jamoada olib qolish qiyin bo'ladi. Hech kim bu mablag'ni taklif qilmasa Kristianning transferini muhokama qilmaymiz.
2016 yilda Evropa chempionati bo'lib o'tadi va Benteke bu musobaqada Belgiya sharafini himoya qilishi mumkin. Agar u "Aston Villa"da qolib, kelasi mavsumda 20-30ta gol ursa va Evropa chempionatida muvaffaqiyatli qatnashsa, "Real"ga o'tishi mumkin. Kristian keyingi mavsumda 30ta gol ursa jahonning eng yaxshi klubiga o'tadi. Bu ish uning qo'lidan keladi" - deydi SHervud.

Fikrlar