SHerali Boboqulov: "So'g'diyona-W" jamoasi to'g'ri yo'lda"
02 apr 2018 10:03
Yangiliklar


SHerali Boboqulov: "So'g'diyona-W" jamoasi to'g'ri yo'lda"
Ayollar o'rtasidagi AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng jamoa mehmonlar bosh murabbiyi bahs borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "So'g'diyona-W" bugun debyut uchrashuvini o'tkazdi. Jamoadagi qizlarning o'rtacha yoshi 19-23. Bugun esa futbolchilarga tajriba etishmadi. O'yin davomida ko'plab xafli vaziyatlarni yaratdik ammo ularni gol bilan yakunlay olmadik. Bugungi o'yindan shunday xulosa qildimki, biz to'g'ri yo'ldamiz.
Jamoada potencial yuqori. Futbolchilarning ko'zida ishonchni ko'rdim. Bugungi o'yinni esdan chiqarib, "Paxtakor" jamoasiga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bu uchrashuvda esa faqat g'alaba uchun kurashamiz", - deydi SHerali Boboqulov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar