SHensni "Yuve"da qolishi uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerak Yangiliklar

SHensni "Yuve"da qolishi uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerak

Hozircha kelishuv yo'q.

"Yuventus" darvozaboni Voycex SHensni klubda qolib, 2025 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Byankoneri" futbolchini saqlab qolishga tayyor, ammo buning uchun u maoshi kamayishiga rozi bo'lishi darkor. Hozircha tomonlar o'rtasida bu borada kelishuv mavjud emas. Amaldagi kelishuvga ko'ra, polshalik yiliga 6,5 million evro oladi.

SHensni Turin klubida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 33 yoshli posbon joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 12 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
29 mar 18:59:05
Шухрат
Бемалол кетаверсин шу полякни деб Доноруммани олмаганди эркин агент булганида
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика