"SHeffild" "katta zarar" evaziga Remsdeylni sotib oldi
21 avg 2020 00:46
Yangiliklar


"SHeffild" "katta zarar" evaziga Remsdeylni sotib oldi
"SHeffild Yunayted" Aaron Remsdeylning "Bornmut"dan transfer qilinganini rasman elon qildi.
"SHeffild" tarbiyalanuvchisi uch yarim yil deganda klubga qaytdi va 4 yillik shartnoma imzoladi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, CHempionshipga ravona bo'lgan "Bornmut" 22 yoshli posbonning transferidan 18,5 mln funt ishlab olgan.
O'tgan mavsumda Remsdeyl Angliya yoshlar terma jamoalari va APL o'yinlarida 37 o'yinda qatnashib, 48 marta darvozasidan to'p olib chiqdi.
Qayd etish kerak, "SHeffild" 2017 yilning yozida posbonni 845 ming funt evaziga "Bornmut"ga sotib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar