So’nggi yangiliklar

15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  2 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  13 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  17

SH.Beg'amov: "Superligada jamoalarni ko'paytirish haqidagi gap-so'zlarni hamma har xil tushunib, turlicha talqin qilmoqda" Yangiliklar

SH.Beg'amov: "Superligada jamoalarni ko'paytirish haqidagi gap-so'zlarni hamma har xil tushunib, turlicha talqin qilmoqda"

PFL yig'ilishida jamoalar sonini 14tadan 16taga ko'paytirish haqidagi taklifdan ko'zlangan asosiy maqsad mavsum davomida kafolatlangan o'yinlar sonini oshirish.

CHunki rostan ham yil davomida futbolchilar o'rtacha 35taga yaqin o'yin o'tkazishi shart. Bizda esa o'rtacha barcha musobaqalarni qo'shsa futbolchilar maksimum 30 o'yinda ishtirok etadi.

To'g'ri, qaysidir jamoalar va ayrim futbolchilar OCHL yoki terma jamoa orqali mavsumda o'rtacha 35 o'yin o'tkazadi. Lekin bu ko'rsatkich juda ozchilik futbolchilarimizda mavjud.

Evropada futbolchilar bir mavsumda o'rtacha 40-45ta o'yin o'tkazadi. Xalqaro musobaqa va terma jamoa orqali futbolchilar o'rtacha 52-55 o'yinda tushishi kafolatlangan.

O'rtadagi farq juda katta. Bizda ham futbolchilar o'yinlar juda kamligidan nolib, asosan quruq mashg'ulotlar bilan to'yinishadi.

Futbolchilarga o'yin kerak va ular aynan rasmiy uchrashuvlar orqali toblanadi, o'sadi. Qachonki mavsum davomida o'yinlar ko'paysa, bu amaliyotni oshiradi, futbolchilarning jismoniy holati yanada optimallashadi va o'yinlar ko'pligi tufayli, tabiiyki boshqa yosh futbolchilarga ham imkoniyat eshiklari ochiladi.

CHunki rotaciyaga tabi yo'q murabbiylar kezi kelganda tarkibni almashtirib turishga majbur bo'ladi. Bu jarayon davomiy bo'lsa, yillar o'tib futbolchilarimiz uchun o'yinlar ko'pligi va jismoniy yuklamalar oson ko'nikmaga aylanadi.

Hozirgi holatda Superligada rotaciyaga qo'l uradigan murabbiylar judayam ozchilik va bunga zarurat ham yo'q, aslida. Bu esa ko'plab futbolchilar va yosh istedodlar uchun yomon.

Bu faktorlarni aytib, PFL tezda 16talik rejimga o'tsin va sport principlarini buzsin, deyishdan yiroqman.

Aytilishicha, o'tgan kungi yig'ilishda PFL direktori Diyor Imomxo'jaev ham, o'ziga qolsa, Superligani 18-20talik jamoalar bilan o'tkazishni istaydi. Faqat hozirgi kunda bunga erishishga imkon yo'q. CHunki orqada Pro-liga. Superligada esa muntazam barqaror o'ynaydigan 16-18 jamoani topish va keyin Pro-ligada elita uchun kurashadigan raqobatchi jamoalar bo'lishi moliyaviy tarafdan imkonsiz.

Bu aniq. Superligani 16 yoki 18ta jamoalik chempionatga aylantirish hozirgi sharoitda imkonsiz. Unda har ikkala liga raqobatiga so'zsiz putur etadi.

Maqsad jamoalarni ko'paytirish emas, o'yinlar sonini oshirish. Va bunga boshqa yo'ldan borish choralarini izlash kerak.

Menimcha, kelasi mavsum uchun liga formatini qaytadan ko'rib chiqishni muhokamaga qo'yish kerak.

Agarda PFL mavsum davomida 36-40 turni o'tkazishga ko'zi etsa, unda yaxshi taklif bor.

Aslida bu erda katta o'zgarish va olamshumul hech narsa yo'q. Superligada jamoalar soni o'zgarishsiz qoladi va formatni Pro-liganiki kabi o'zgartirish kerak bo'ladi.

Taklifim, 2-davradan (26 tur) keyin jadvalni ikki bo'linadi: yuqoridagi oltilik chempionlik uchun bo'linadi va yana ikki davralik tizimda o'ynaydi. Bu yana 10 tur qo'shiladi degani. SHunda yuqoridagi jamoalar jami 36 tur o'tkazadi.

Pastki sakkiztalik esa ligada jon saqlash uchun yana 2 davralik (14 tur) tizimda kurashadi. Bu erdagi jamoalar uchun mavsumda jami 40 tur bo'ladi. Pastki sakkiztalikdan nisbatan terma jamoa azolari kamchilik bo'lishi va ular xalqaro maydonda o'ynamasligi inobatga olinsa, bu erda futbolchilar uchun ortiqcha yana 4 tur ayni muddao. PFL ham taqvimda qiyinchilikka duch kelmasligi uchun liga oltilik va sakkiztalikka bo'lingach kuzgi FIFA kunlarida sakkiztalikdagi qo'shimcha 4ta turni o'tkazish ehtimoli mumkin.

Xullas, bu orqali o'yinlar soni keskin oshirib olinadi va har ikkala frontda bunday formatda intriga yanada «qaynashiga» shubha yo'q.

Bu shunchaki hozirgi mavjud sharoit va ligalar holatidan kelib chiqib, maqsadga erishish uchun bir variant xolos.

Bu erda asosiy muammo turlar keskin ko'payishi va ularni yillik taqvimga sig'dirish.

SHunda bizda ham bir mavsumda eng yuqori darajadagi jamoalarimiz va terma jamoa futbolchilarimiz Evropada bo'lgani kabi bir mavsumda o'rtacha 45-50 atrofida o'yin o'tkazishi kafolatlanadi.

Terma jamoaning maqsadsiz navbatchi yig'inlari kamayadi, ha. Lekin terma jamoa futbolchilari mavsum davomida doimiy o'yin ritmida bo'ladi va yakunda bundan baribir terma jamoa asosiy manfaat topadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика