"Shaxtyor" yangi bosh murabbiyini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
26 may 2021, 00:11
"Shaxtyor" matbuot xizmati jamoaning yangi bosh murabbiyini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, yangi mavsumda jamoani Roberto De Dzerbi boshqaradi. Italiyalik mutaxassis klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekadi. Yaqin vaqtlarda u Ukrainaga uchib boradi.

41 yoshli De Dzerbi bunga qadar "Darfo Boario", "Fodju", "Palermo", "Benevento" va "Sassuolo" kabi klublarda faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCShakhtar