So’nggi yangiliklar

10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  0 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5

Belarus. "SHaxtyor" "Minsk"ni mag'lub etdi va Belarus chempionati oltin medallariga ega chiqdi Yangiliklar

Belarus. "SHaxtyor" "Minsk"ni mag'lub etdi va Belarus chempionati oltin medallariga ega chiqdi

Tez orada Belarus chempionati 30-tur doirasidagi "SHaxtyor" (Soligorsk) - "Minsk" o'yini yakuniga etdi.

"SHaxtyor" - "Minsk" 3:2

Gollar: Kendish 24, Arxipov 72, Begunov 90 - Jerdev 18, SHramchenko.



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+8. GOOOOOL! Uchrashuvga nuqta qo'yildi! 4:2. BATE ishtirokidagi o'yin ham 0:0 hisobida yakunlandi. TABRIKLAYMIZ!!! "SHAXTYOR" va JASUR YAXSHIBOEV Belarus chempioni!

90+3. Agar BATE ishtirokidagi o'yin durang bilan yakunlansa "SHaxtyor" Belarus chempioniga aylanadi.

90+2. GOOOL! JUDA MUHIM GOOOL! "SHaxtyor" uchrashuvda birinchi marta hisobda oldinga chiqib oldi! Ular Belarus chempioniga aylanishi mumkin. Burchakdan uzatilgan to'pni Begunov darvoza to'riga yo'lladi va jamoasi uchun muhim golni urib berdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. "SHaxtyor" futbolchisi jarima zarbasidan darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo Prishivalko to'pni osonlik bilan egallab oldi.

82. SHramchenko "SHaxtyor" jarima maydonchasi ichida yiqitilgandek ko'rindi, ammo hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

77. Jarima zarbasi jonli devorga tegdi va hujum yo'qqa chiqdi.

76. "SHaxtyor" "Minsk" jarima maydonchasi ichida standart ishlab oldi.

72. GOOOL! "SHaxtyor" hisobni tenglashtirdi. Jarima zarbasidan so'ng Arxipov bosh bilan to'pni darvozaga burdi.

70. Sariq kartochka. Begunov qanotda "Minsk" futbolchisini "o'rgani" uchun jazolandi.

68. ZARBA! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Ivanovichning "Minsk" darvozasiga bergan zarbasini mehmonlar posboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

66. ZARBAAA! Kendish "Minsk" jarima maydonchasi ichidan darvozaga zarba berishga urindi, ammo to'p umuman boshqa tomonga ketdi.

63. O'zgarish: Yaxshiboev o'rniga Bodul maydonga tushdi.

58. Maydon sifati qoniqarli darajada bo'lmagani bois "SHaxtyor" to'p nazoratida xatolarga yo'l qo'ymoqda va shu sababli hujumlar ham qiyinchilik bilan tashkil etilyapti.

56. Balanovich uzoq masofadan "Minsk" darvozasini nishonga olishga urindi, ammo to'p boshqa tomonga uchdi.

52. GOL! YANA "MINSK" HISOBDA OLDINGA CHIQIB OLDI. SHramchenko "SHaxtyor" darvozaboni qaytargan to'pni bo'sh darvozaga joylab, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi.

51. "Minsk" "SHaxtyor" jarima maydoni chizig'i yonginasida fol ishlab oldi. Jarimadan berilgan zarba darvoza to'sinining ustidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

44. "SHaxtyor" "Minsk"ni qamalga olgan va ketma-ket hujumlar amalga oshirmoqda, biroq hozircha bu vaziyatlarga aniq zarba etishmayapti.

40. Yaxshiboev "Minsk" jarima maydonchasiga uzatgan to'pni darvozabon qaytardi, hujumning ikkinchi to'lqini ham muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

33. Yaxshiboevning navbatdagi uzatmasi burchak zarbasi bilan yakun topdi. Bu standart ham Jasurga ishonib topshirildi, ammo "Minsk" himoyachilari bu safar ham ishonchli o'ynashdi va xavfni bartaraf etishdi.

32. "SHaxter" raqib jarima maydonchasiga yaqin hududda standart ishlab oldi. Jarimani Yaxshiboev amalga oshirdi, ammo uning uzatmasini posbon qaytardi. Jasur qaytgan to'pni egallagan paytda uni yiqitishdi. Yana jarima zarbasi...

28. "Minsk" yana hisobda oldinga o'tib olishi mumkin edi, ammo yon hakamning bayroqchasi ko'tarildi va bahs to'xtatildi.

24. GOOOL! Kendish hisobni tenglashtirmoqda! Raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan "SHaxtyor" sardori bir harakat bilan "Minsk" futbolchilarini "xot-dogga yubordi" va yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. 1:1

22. "SHaxtyor" o'tkazilgan goldan so'ng katta kuch bilan hujumga o'tadi deb o'ylagandim, ammo bu ishni "Minsk" bajarmoqda. Mezbonlar esa bazo'r markazgacha etib borishmoqda.

18. GOL! "Minsk" hisobni ochdi! Jerdev raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va o'tkir burchakda turganiga qaramasdan chap oyog'i bilan to'pni uzoq burchakka yo'lladi va o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

14. Yaxshiboev o'ng qanot orqali tezkor qarshi hujum tashkil qilayotgandi, ammo uning raqibni aldab o'tishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi va to'p oldirildi.

10. GOOOL! Yo'q, hakam Yaxshiboevning golini hisobga olmadi, Jasur jamoadoshi zarbasidan qaytgan to'pni darvozaga joylagandi, ammo o'sha birinchi zarba ijrochisi ofsaydda bo'lgan ekan.

8. Zarbani Yaxshiboev ijro etdi, ammo to'p jonli devordan o'tmadi va himoyachilar to'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi.

7. "Minsk" futbolchisi o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida Jasur Yaxshiboevni yiqitdi va hakam shu ondayoq xushtagini chaldi.

4. Uchrashuv startida "Minsk" ancha faol ko'rindi va bir nechta hujumlar uyushtirishga muvaffaq bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jasur Yaxshiboev doimgidek asosiy tarkibda. O'yin saytimiz tomonidan matnli translyaciya qilinadi.


"SHaxtyor" - "Minsk"

"SHaxtyor": CHesnovskiy, Balanovoich, Begunov, Xadarkevich, Antich, Szoke, Kendish (s), Silva, Arxipov, Podstrelov, Yaxshiboev.

Zaxira: Malashhickiy, Belov, Burko, Selyava, Bodul, Diasamidze, Sotnikov, Sachivko, Ivanovich, Kabananga.


"Minsk": Prishivalko, Rijuk, Jerdev, Evdokimov (s), SHramchenko, Klimovich, Vasiliev, Gorbach, CHagovec, Ten, Sazonchik.

Zaxira: Veremko, Leonov, Ivanov, Zinovich, Gribovskiy, Luckiy, Yarockiy, Zinovich.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика