So’nggi yangiliklar

02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  16 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  2 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  0 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  29 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  8 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  8

SHavkat Raimqulov: "Futbolchilik faoliyatimdan ko'nglim to'lmagan" Yangiliklar

SHavkat Raimqulov: "Futbolchilik faoliyatimdan ko'nglim to'lmagan"

Futbolchilik davrida tajribali himoyachi sifatida tanilgan SHavkat Raimqulov bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib boryapti.

O'tgan yili butsalarini mixga ilgan Raimqulovning katta futboldagi so'nggi jamoasi Lokomotiv-BFK bo'ldi. Hozirda u Toshkent viloyati ikkinchi ligasi vakili bo'lgan Ohangaron klubida bosh murabbiylik qilmoqda.

Malumot uchun, bugungi suhbatdoshimiz o'z vaqtida Traktor, Navbahor, Andijon, Bunyodkor, Nasaf, SHo'rtan, Oq-tepa kabi ja-moalarda ham to'p surgan.

- SHavkat, hozir nimalar bilan bandsiz? Futboldan uzoqlashib ketmadingizmi?

- Yo'q, albatta. Futboldan shunchaki ketib bo'lmaydi. CHunki sportning bu turi hayotim mazmuniga aylangan. SHu kungacha nimaga erishgan bo'lsam, hammasi millionlar o'yini ortidan: do'st orttirdim, turmush qurdim.

Ozmi-ko'pmi, muxlisga ega bo'ldim. Bunyodkor, Nasaf kabi mamlakatimizning etakchi klublari safida o'ynadim. Bugungi kunda Toshkent viloyati chempionati, yani ikkinchi ligada ishlayapman.

Aniqrog'i, Ohangaron jamoasi bosh murabbiyiman. Bundan tashqari, shu klubimiz o'ynaydigan stadion direktori lavozimida ham ishlayapman.

- Futbolchilik faoliyatingizdagi so'nggi jamoa qaysi edi? Umuman, butsani mixga ilish oson bo'lmagandir?

- Xuddi shunday. Sevimli kasbdan ketish qiyin. Buni futbolchilar juda yaxshi bilishadi. Lekin har bir narsaning boshlanishi bo'lganidek, yakuni ham bor.O'z vaqtida yoshlarga joyni bo'shatib berish kerak.

Oliy ligadagi so'nggi jamoam Buxoro bo'ldi. Faoliyatimni esa Lokomotiv-BFK klubida yakunladim. Yuqorida aytganimdek, futboldan uzoqlashib ketganim yo'q. Bugungi kunda o'zimni murabbiy sifatida sinab ko'ryapman.

Hozirdan aytishim mumkin, bu oson kasb emas ekan. O'yinchilik davrimda maydonda asosiy etiborni himoyaga, raqib futbolchilarini o'tkazib yubormaslikka qaratardim. Murabbiy esa klubdagi barcha narsaga, xususan, natijaga javobgar bo'lar ekan.

Bejizga g'alaba futbolchiniki, mag'lubiyat murabbiyniki, deyishmaydi. Lekin juda ham qiziq soha. Futbolchilik davrimda mahoratli murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Ulardan olgan bilim va ko'nikmalarimni hozir futbolchilarga berishga harakat qilyapman.

- Turli yillarda Bunyodkor, Nasaf kabi yurtimizning grand klublari safida o'ynadingiz. Ortga nazar tashlab, futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi? Yoki ushalmay qolgan orzularingiz bormi?

- Ochig'ini aytaman, futbolchilik faoliyatimdan ko'nglim to'lmagan. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Ularni birma-bir sanab, doston qilish niyatim yo'q. Juda ko'p jarohatlarga uchradim.

Himoyachining boshqa chiziq vakillariga qaraganda shikastlanish ehtimoli yuqori bo'ladi. Lekin umumiy olganda, o'yinchilik davrim yomon o'tmadi. Faoliyatim 2000 yili Angrenning Semurg' klubida boshlangan. 2001 yili shu jamoa tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushdim. 2002 yili Navoiyning Zarafshon klubiga o'tdim. Keyingi mavsum Traktorga taklif qilishdi.


- Bunyodkorga kim chaqirgandi?

- Andijon jamoasida o'ynab yurgan kezlarim Bunyodkordan taklif bo'lgandi. SHaxsan Mirjalol Qosimovning o'zi qiziqish bildirgandi. Undan bir yil avval Amet Memet ham qaldirg'ochlar safiga chaqirgandi. Ammo o'shanda malum sabablarga ko'ra Andijonda o'ynagandim. Bunyodkor bilan birga MDH kubogida ishtirok etganman.

- Ohangaron jamoasida qanday paydo bo'ldingiz? Kim taklif qildi?

- O'zim ohangaronlikman. Futbolchilik faoliyatim yakunlanganidan ke-yin rahbariyat tomonidan taklif bo'ldi. O'zim tug'ilib-o'sgan shahar jamoasiga yordam berishni maqsad qilib yurgandim. CHorlov bo'lishi hamono ortiqcha ikkilanmay rozilik berdim. SHu orqali qaysidir manoda o'z burchimni bajarsam kerak, deb o'yladim.

- Jamoangizning yakunlangan chempionatdagi ishtirokidan ko'nglingiz to'ldimi? Real holatda bu ijobiy natijami?

- Ohangaron ikkinchi ligada 4-o'rin bilan kifoyalandi. Bu albatta, ijobiy natija emas. Yanada yuqoriroq pog'onani egallashimiz mumkin edi. Muammolar va boshqa sabablar tufayli shu bilan cheklandik.

- Jamoa oldiga birinchi ligaga chiqish vazifasi qo'yilganmidi?

- Bunday vazifa yo'q edi. Klubda moliyaviy muammolar bor. Yaxshi homiy bo'lmasa, katta natijalarga erishish qiyin. Agar kelasi mavsum uchun homiy topa olsak, albatta, jamoani birinchi ligaga olib chiqishga harakat qilamiz. Toshkent viloyati ikkinchi ligasida Ahmad Yassaviy klubi birinchi o'rinni egalladi va endi viloyatimiz nomidan pulka bahslarida ishtirok etadi.

- Oliy ligani ham kuzatyapsizmi?

- Albatta. Birinchi galda o'zim o'ynagan klublarning o'yinlarini tomosha qilaman. Turnir jadvalidagi holatlari bilan qiziqaman. Joriy yil oliy liga bahslari boshqacha o'tyapti. Raqobat juda kuchli. Buxoro, Qo'qon-1912 jamoalari chin manoda kashfiyotga aylanishdi.

O'ylaymanki, mavsum oxirigacha intriga saqlanib qoladi. Lokomotiv taqibchilaridan sezilarli farq bilan o'zib ketganiga qaramay, hali chempion nomi malum deyishga erta. Har qanday holat ro'y berishi mumkin.CHempionat kuchaysa, bundan birinchi galda milliy termamiz manfaatdor bo'ladi.

Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика