So’nggi yangiliklar

10:28“Бавария“ рози бўлди  0 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  1 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  0 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  27 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  4 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  8 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  45

SHavkat Mirziyoev - O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining raisi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev - O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining raisi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining navbatdagi 41-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vice-prezidenti Otabek Umarov, Bosh Assambleya azolari, shuningdek, federaciya va associaciyalarning masullari ishtirok etishdi. Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatining tarkibi qayta shakllantirib olindi.

Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi va MOQ nizomiga asosan har bir Olimpiya siklida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining rahbariyati tarkibi qayta shakllantirib olinishi haqida alohida to'xtalib o'tdi. Qayd etish joiz, Prezidentimiz 2022 yil 23 may kuni Sport vaziri Adham Ikramovga O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha topshiriq bergan edilar. SHu bois, Adham Ilhamovich Bosh Assambleya avvalida ortda qolgan Olimpiya siklida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Tadbirda so'z olgan Bosh vazir qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida to'xtalar ekan, to'liq foydalanilmagan imkoniyatlar, kutilgan natijani qayd etmagan federaciyalar xususida tanqidiy fikr bildirdi.

SHundan so'ng kun tartibidagi boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Dastavval, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga yangi rahbar saylandi. Abdulla Nigmatovich ushbu lavozim uchun nomzod haqida to'xtalar ekan, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish lozimligi, mamlakatimizning ko'p ming sonli olimpiya oilasi, sportchi va murabbiylarning iltimosini inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev SHavkat Miromonovich nomzodini ilgari surdi. Nomzod barcha delegatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi va SH.M.Mirziyoev O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining raisi etib saylandi.

SHuningdek, Qo'mita raisining o'rinbosarlari tarkibi ham shakllantirib olindi. Unga muvofiq, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o'rinbosari, Oybek Kasimov Bosh kotib va SHerzod Tashmatov rais o'rinbosari lavozimiga saylanishdi. Tadbir davomida Qo'mitaning yangilangan ustavi ham tasdiqlab odindi. SHuning bilan, MOQning 41-Bosh Assambleyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting: -32   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика