SHarofetdinov va Yunusov Dinamoda
21 fev 2018 11:30
Yangiliklar


SHarofetdinov va Yunusov Dinamoda
Xabar berganimizdek, yangi mavsumda o'z oldiga Pro-Ligadan Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan Dinamo jamoasi 20 fevraldan Toshkentda yig'in boshladi.
Poytaxtdagi yig'inda jamoaning tayyorgarligi va tarkibiga jiddiy etibor berilmoqda. Ayni damda jamoa safiga tajribali yarim himoyachilar Dilshod SHarofetdinov va Ilhom Yunusov kelib qo'shilgan. SHarofetdinov so'nggi mavsumni Malayziya chempionatida o'tkazgan bo'lsa, Yunusov Navoiyning «Qizilqum» safida to'p surgandi.
«Dinamo» 5 mart kuniga qadar Toshkentda bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushib, yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar