SHarofetdinov endi Malayziyada o'ynaydi
20 noy 2013 11:50
Yangiliklar

SHarofetdinov endi Malayziyada o'ynaydi
O'tgan hafta “Paxtakor” yarim himoyachisi Dilshod SHarofetdinov Malayziyaning “Sime Darbi” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Aniqrog'i, har ikki jamoa o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, yarim himoyachi endi ikki yilni Malayziya superligasining debyutanti safida o'tkazadi. Uning faoliyati, yangi jamoasi va Malayziyada to'p tepgan o'zbekistonlik futbolchilar haqida etiborli malumotlarni taqdim etamiz.
SHarofetdinov shu paytgacha oliy ligada “Dinamo”, “Navbahor” va “Paxtakor” klublari safida to'p tepgandi. 28 yoshli futbolchi faoliyatini “Dinamo”da boshlagan va 5 mavsum davomida o'ynagan. Keyin “Paxtakor”ga ko'chib o'tib, orada 2010 yilning bir davrasini Namanganda o'tkazgandi. Oliy ligada jami 192 uchrashuvda 25 gol muallifi bo'lgan. Osiyo CHempionlar ligasida 14 bellashuvda 3 gol sohibiga aylangan. “Paxtakor” bilan 2 bor O'zbekiston Kubogi va bir marta oliy ligada zafar quchgan. Bu yilgi mavsumda raqib darvozalarini 6 bor ishg'ol qilishga erishdi. Tayanch yarim himoyachisi uchun bu juda yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Endilikda tajribali SHarofetdinov faoliyatini Malayziyada davom ettiradi. U o'tgan mavsumda premer-ligada ikkinchi o'rinni egallab, superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Sime Darbi” klubi sharafini himoya qiladi.
Dilshod SHAROFETDINOV
Tug'ilgan sanasi: 15.10.1985
Tug'ilgan joyi: Samarqand
Ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 2004–2008 “Dinamo” 91 (15), 2009-2013 “Paxtakor” 130 (16), 2010 “Navbahor” 12 (2).
SHu o'rinda uning yangi jamoasi haqida to'xtalib o'tsak. Kuala Lumpurga yaqin joydagi Sime Darbi hududida joylashgan futbol klubi 2010 yilning 22 yanvarida tashkil etilgan. Ishtirokini havaskorlar ligasida boshlagan jamoa 3 yilda superligagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Uy stadioni “Majlis Perbandaran Selayang” bo'lib, 10 ming muxlisga mo'ljallangan. Jamoa bosh murabbiyi mahalliy mutaxassis Ismoil Zakariya sanaladi. 2012 yil jamoa Malayziya FA Kubogida finalgacha etib borgan. O'tgan mavsumda Malayziya Kubogida chorak finalga chiqqan. Baribir premer-ligada qo'lga kiritilgan ikkinchi o'rin “Sime Darbi” uchun alohida o'rin tutishi aniq. CHunki bu jamoa 2014 yilni superligada boshlaydi. Hozirgacha klub ikki nafar ganalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga ulgurdi. SHarofetdinov ham ijara asosida ikki yilni “Sime Darbi”da o'tkazadi.
Malayziya superligasi yanvar oyida boshlanib, iyun oyi oxirlarida yakuniga etadi. SHundan keyin jamoalar Malayziya Kubogida guruh bahslari tizimida kurashlarga kirishishadi. Bundan tashqari, Malayziya FA Kubogi uchun ham alohida musobaqa tashkil etiladi. Superligada bir mavsumda jamoalar 22tadan o'yinda maydonga tushadilar. Kubok bellashuvlari esa o'yin amaliyoti ko'payishiga olib keladi. Amaldagi mamlakat chempioni Singapurning “Lions” klubi hisoblanadi. Bu jamoa Malayziya chempionatiga taklif qilingan. Aslida boshqa davlat jamoasi bo'lgani sababli xalqaro turnirlarda qatnasha olmaydi. SHu sababli OFK Kubogida baribir keyingi o'rinni egallagan klublar ishtirok etishadi. 2014 yilgi mavsumda superligada quyidagi jamoalar qatnashadi:
Lions XII
Selangor
Johor Darul
Kelantan
Paxang
Armed Forses
Selangor PKNS
Perak
Terengganu
Terengganu T
Saravak
Sime Darbi
Superliga 2004 yilda tashkil etilgan. Hozircha unda 12 jamoa ishtirok etib kelyapti. “Astro”, RTM va “StarXub” telekanallari uchrashuvlarni translyaciya qilish huquqini sotib olishgan. Garchi, hozircha muxlislar sonining ko'pligi va chempionatning qiziqarliligi bo'yicha maqtana olishmasa-da, marketing borasida Malayziyada ancha ishlar amalga oshirilganini ko'rish mumkin. SHuningdek, kubok bahslari finalini odatda 80 ming muxlis stadiondan kuzatadi. Jamoalarning infratuzilmasi va maydonlar holati ham ancha yaxshi holatda.
SHarofetdinov Malayziya chempionatida to'p tepadigan 9-o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Ungacha Azamat Abduraimov (“Paxang”), Igor SHkvirin (“Paxang”), Mustafo Bilolov (“Perak”), SHuhrat Xolmirzaev (“Perak”), Rustam Abdullaev (“Perlis”), Viktor Makarov (“Kuala Lumpur”), Qudrat Madaminov (“Terengganu”) va Aleksandr Kojuxovlar (“Terengganu”) ushbu yurtda to'p tepishgan. Abduraimov va SHkvirin Malayziya chempionligini qo'lga kiritganlar. Bilolov va Xolmirzaev o'ynagan “Perak” esa 1994 yil Malayziyada kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishda ayblanib, jazoga tortilgan. Bunday hodisa Malayziya futbolida ikki yil avval ham sodir bo'lgandi. Bu davlatda kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda.
Kojuxov taqdiri haqida o'tgan yili qisqacha yozib o'tgandik. Jizzaxning “Sohibkor” va “So'g'diyona”, Toshkentning “Umid”, MHSK va “Paxtakor”, Rossiyaning “Zvezda” va “Torpedo” Miass klublari sharafini himoya qilgan Kojuxov faoliyatini davom ettirish maqsadida “Terengganu” klubi bilan shartnoma imzolaydi. O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi bir bahsda harakat qilgan futbolchi Malayziyada o'z joniga qasd qilgan. O'shanda u o'zini 13-qavatdan tashlab yuborgandi. Bunga nima sabab bo'lgani malum emas.
Malayziyada Abduraimov va SHkvirin o'zlaridan yaxshi nom qoldirib, klublari tarkibida etakchilar rolini bajarib berishgan. Umid qilamizki, SHarofetdinov ham “Sime Darbi” bilan muvaffaqiyatlarga erishadi.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar