So’nggi yangiliklar

16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  1 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  4 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  4 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1 12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  2 11:44CA делегацияси машинада Бишкекка етиб борди, стадиондан лавҳа  9 11:242015 йилдан трансферларга энг кўп пул сарфлаган лига қайси?  1 10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  4 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  1 09:43Осимхен "Галатасарой" сафига ўтганидан кейин илк бор фикр билдирди  5

SHarjadagi drama. Xyuistradan yana bir "yurish", "Paxtakor"dan esa chiroyli kambek Yangiliklar

SHarjadagi drama. Xyuistradan yana bir "yurish", "Paxtakor"dan esa chiroyli kambek

Kecha OCHL-2021 G'arb mintaqasida guruh bahslariga start berildi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" musobaqaning "B" guruhidan o'rin olgan. Kecha "sherlar" dastlabki turni Eronning "Traktor" klubiga qarshi o'tkazishdi va 3:3 hisobida jangovar durangga imzo chekishdi.

Pakhtakor Tashkent

Dragan Ceran - 69', Sharof Mukhiddinov - 75', Khozhimat Erkinov - 82'

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

14/04/2021, 20:00

3
:
3
Tugadi

Tractor

Ashkan Dejagah - 53', Mohammad Abbaszadeh - 56', Mohammad Abbaszadeh - 85'

45'
90'
52'  Anzur Ismailov
57'  Azizbek Turgunbaev (Khozhimat Erkinov)
57'  Khoziakbar Alidzhanov (Ibrokhimhalil Yoldoshev)
68'  Sardor Rashidov (Sharof Mukhiddinov)
68'  Sardor Sabirkhodjaev (Diyor Kholmatov)
69'  Dragan Ceran
75'  Sharof Mukhiddinov
82'  Khozhimat Erkinov
84'  Yegor Krimets
23'  Mohammad Reza Khanzadeh
53'  Ashkan Dejagah
56'  Mohammad Abbaszadeh
76'  Peyman Babaei (Saeid Vaseei)
78'  Ashkan Dejagah
79'  Ashkan Dejagah (Mohammad Ghaderi)
79'  Akbar Imani (Hamid Bouhamdan)
82'  Meysam Teymouri
85'  Mohammad Abbaszadeh
87'  Mohammad Abbaszadeh (Amin Assadi)
90'  Mohammad Ghaderi

Xyuistra doimiy taktikani tanladi, Xatibi esa urg'uni markazga berdi

"Paxtakor" ustozi Piter Xyuistra bu o'yinga doimiy taktikasi (4-2-3-1)da tushib keldi, Rasul Xatibi esa urg'uni markazga berdi (4-1-3-2).

Ko'rib turganingizdek, Xyuistra odatiy 4-2-3-1 taktik sxemadan foydalandi.


Xatibi esa 4-1-3-2 sxemasini qo'llashni maqul ko'rdi.


"SHerlar"ning boshlang'ich tarkibida Hojiakbar Alijonovning tushishi men uchun kutilmagan holat bo'ldi. Bir kun oldin taxminiy tarkibimni tuzganimda ham ikki qanotga Sayfiev va Yo'ldoshevni qo'ygandim. CHunki, Alijonov mavsumni yomon boshladi. Yana eski formasiga qaytishi uchun vaqt kerak hali.

Forslar ustozi esa bitta sof tayanch yarim himoyachini tushirdi va markazga uch nafar yarim himoyachini yuqoridagi sxemadagi kabi bir chiziqda joylashtirdi. Ikki markaziy himoyachi o'z-o'zidan Derdiyokka ko'zquloq bo'lsa, 6-raqamdagi Akbar Imani CHeran bilan shug'ullanishi kerak edi. Markazdagi uchlik Dejaga - Narimonjahon - Tikdari esa Sobirxo'jaev - A.Ismoilov tandemiga qarshi. Bu bilan Xatibi markazda ustunlikni qo'lga olishni asosiy maqsad qilgani ko'rinib turgandi. Dejaga va Tikdari markazga yaqinroq o'ynagani sabab ikki qanot himoyachilari oldinroqqa o'tib harakat qilishdi.


Xatolar bilan yodda qolgan birinchi bo'lim

"Paxtakor" o'yinchilari dastlabki 45 daqiqalikda ko'p bor to'pni yo'qotishdi. Sayfiev ilk 13 daqiqada Rashidov va Sobirxo'jaevga ikki epizodda elementar pas berolmadi, CHeran ikki marta oddiy vaziyatda pasni raqib oyog'iga berdi. Alijonov esa 4-5 marta to'pni yo'qotdi, bu OCHL uchun ko'p. Lekin, shuncha xatolarga qaramay "Paxtakor" bo'limni forslardan yaxshiroq o'tkazdi. 8-daqiqada Rashidov Imanidan to'pni olib qo'yib o'ziga o'zi xavfli vaziyat yaratdiyu, keyin orqaroqda zarba berish uchun qulay poziciyaga chiqib to'p so'ragan Erenga pas bermay o'zi zarba berdi. To'p darvozabonga tegdi va yo'nalishini o'zgartirdi. 17-daqiqada esa Rashidovning chap qanotdan uzatgan to'piga Derdiyok bosh bilan zarba berdi, biroz noaniq.


"Traktor" o'yindagi birinchi zarbasini 20-daqiqaga kelibgina berdi. Markaziy hujumchi Abboszoda autni otib berganidan keyin 4-raqamdagi markaziy himoyachi Hadi Muhammadi ikkinchi qavatda Krimecdan ustun keldi va to'pni boshqa bir markaziy himoyachi 3-raqamdagi Muhammadrizo Xonzodaga uzatdi. U esa juda noaniq zarba berdi. Qizig'i, autni aynan mana shunday ijro etish bu forslarning "uyga vazifasi" bo'lgan ekan. CHunki, jamoa butun o'yin davomida raqib darvozasiga yaqin joydan olingan autlarni hammasini aynan shunday ijro etdi: Abboszoda Muhammadiga, Muhammadi esa bosh bilan Xonzodaga.

34-daqiqada Turg'unboev jarima zarbasini ijro etdi, CHeran esa to'pni boshi bilan darvoza tomon yo'naltirdi. Eronliklarni muqarrar goldan ustun qutqardi. Rasul Xatibi shogirdlari birinchi 45 daqiqalikdagi chinakam xavfli vaziyatni 45+1-daqiqaga kelibgina yaratishdi. 9-raqamdagi Boboyi chap qanotdan markazga siljib kirdi va yo'l-yo'lakay hammani chalg'itgan holda zarba berdi. Krimecning oyog'iga tekkan to'p rikoshet bo'lib Quvvatovga jiddiy muammo tug'dirishiga oz qoldi. Sanjar rikoshetga tez reakciya ko'rsata oldi.

LIVE  "Tezkor studiya". "Paxtakor"dan 3:3, AGMKning debyuti qanday bo'ladi?


"Traktor"dan 2-bo'limda shiddatli start va "Paxtakor" o'tkazib yuborgan gollar

Ikkita bo'lim orasida juda katta farq bo'ldi, bu o'yinda ham, hisobda ham o'z aksini topdi. Forslar ikkinchi 45 daqiqalikni shiddat bilan boshlashdi. Buning samarasi o'laroq jamoa ikkita tezkor gol kiritdi. SHu o'rinda "sherlar" o'tkazib yuborgan gollarga to'xtalib o'tmoqchiman.

52-daqiqada Sayfiev to'pni yon chiziqdan tashlab berdi va Sobirxo'jaev ikkisi raqib bosimidan "devor" o'ynab chiqib ketmoqchi bo'lishdi. Afsuski, to'p yo'qotildi. Keyin Sayfiev Boboyidan to'pni olib qo'yishga urindi, ammo u "Paxtakor" jarima maydonchasiga kirib borganidan keyin Farruh ehtiyotkor harakat qilishni boshladi va 9-raqamli hujumchini qochirib yubordi. U esa fursat topib zarba berdi, Anzur to'pni qo'li bilan qaytardi va penalti. Tajribali Ashkan Dejaga 11 metrlikdan adashmadi. Keyingi ikkita gol esa juda qo'pol xatolar natijasida o'tkazib yuborildi.

56-daqiqa. "Traktor"ning chap qanot himoyachisi Temuri to'pni erlatib oldindagi Boboyiga uzatdi. Hojiakbar Alijonov esa to'pni yuurib chiqdi va bir qarashda uni o'z jamoasiga olib berayotgandek edi. Ammo, Alijonov to'pni oldinroqdagi Sobirxo'jaevning o'ziga emas, yonroqqa pas berdi. Oq chiziq o'ng qanot himoyachimiz pas berishi kerak bo'lgan yo'nalish, qizil chiziq esa pas berilgan yo'nalish. Sardor va Imani joylashgan masofaga etibor bering.

Imani ancha orqaroqda bo'lishiga qaramay to'pga Sobirxo'jaevdan oldin etib keldi va birgina pas bilan Abboszodani oldinga chorladi. Birinchi qo'pol xatoni Alijonov qildi, ketidan Sardor sust harakati sabab ikkinchi xatoni amalga oshirdi.


Ikkinchi goldan oldingi xatolarning davomi. Egor Krimec to'p bilan qochishni boshlagan Abboszodadan podkat evaziga to'pni olib qo'ymoqchi. Anzur Ismoilov esa Krimec podkat tashlayotganini ko'rib yonga ikki qadam tashladi. Jamoa sardori podkat tashlashda xato qildi, hujumchi esa to'pni chaproqqa tashlab undan o'tib ketdi, Anzur esa sherigiga ishonib yonroqqa harakatni boshlagani sabab 33-raqamli forvarddan ortda qolib ketdi. Ko'rib turganingizdek, xatolar jamlanmasi ikkinchi golga olib keldi.


"Paxtakor" 0:2dan chiqib ketgandan keyin 84-daqiqada forslar burchak zarbasini ijro etishdi. Uchrashuvning rasmiy mezbonlari to'pni o'z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishdi va himoyachilar tezda oldinga yugurib ketishdi, maqsad - raqib hujumchisini ofsaydda qoldirish. Ammo, yuqoridagi skrinshotda ko'rib turganingizdek Egor Krimec bir o'zi orqada qolib ketmoqda.


9-raqamdagi Boboyi bosh bilan to'pni shunchaki oldinga tashlab yubordi. Aslida ofsaydda qolib ketgan bo'lishi kerak Abboszoda esa Krimecning sharofati bilan suniy ofsayddan qutulib qoldi. Kamiga Krimec hujumchini jarima maydonchasiga kirmasdan yiqitsa ham bo'lardi, lekin u aynan jarima maydonchasi chizig'iga kelganda fol ishlatdi. O'tkazib yuborilgan uchinchi gol to'lig'icha Krimecning zimmasiga tushdi.


Ikkinchi goldan keyin Xyuistra ishga kirishdi

Bo'lim avvalida o'tkazib yuborilgan ikkita tezkor goldan keyin Piter Xyuistra zaxiradagilar yordamida ishga kirishdi. O'yin davomida eng to'p yo'qotgan Alijonov o'rniga Ibrohim Halil Yo'ldoshev, Turg'unboev o'rniga esa Hojimat Erkinov tushdi. O'z-o'zidan o'ng qanot himoyaga Sayfiev o'tdi, Ibrohim Halil esa chapga. 67-daqiqada Abror Ismoilovning ajoyib pasidan so'ng Sayfiev zo'r vaziyatga chiqib bordi. Ikki futbolchini chalg'itib ortda qoldirgan Farruh aniq zarba berdi, ammo zarba erlatib va kuchsiz yo'llangani sabab markaziy himoyachi Xonzoda darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib qoldi. Maydonda "sherlar" biroz jonlanishdi, ammo nimadir etishmayotgandek edi. 68-daqiqada niderlandiyalik mutaxassis navbatdagi yurishni amalga oshirdi. Rashidov o'rniga Diyor Xolmatov, Sobirxo'jaev o'rniga esa SHarof Muhitdinov tushirildi. O'zgarishlardan keyin o'yin tizgini to'lig'icha "sherlar" tarafiga o'tdi.

Zaxiradan qo'shilganlarning hammasi o'yinni kuchaytirdi, ular o'yinga tetiklik olib kirishdi. Deyarli barcha gollarda Diyor, SHarof va Hojimatlarning hissasi bor, Ibrohim Halil ham gol urishi mumkin edi. Ammo, 72-daqiqada uning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.


Ketma-ket hujumlar uyushtira boshlagan "Paxtakor" 69-daqiqaga kelib niyatiga etdi. H.Erkinovning pasidan keyin CHeran to'pni chap oyog'iga to'g'rilab oldi va aylanma zarba bilan birinchi javob golini kiritdi. Oradan 6 daqiqa o'tib Sayfievning pasidan keyin SHarof Muhitdinov jarima maydoni tashqarisidan "pushka" yo'lladi. Bu vaziyatda "Traktor"ga hech kim va hech nima yordam bera olmasdi. 82-daqiqada esa Hojimat Erkinov to'pga oxirigacha kurashdi va yakunda jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan keyin uni nishonlash uchun yugurishni boshlagan Erkinovni 34-raqamdagi Milad Faxriddini ataylab chaldi, bu juda hunuk qiliq bo'ldi. To'g'ri, hamma golni nishonlab bo'lganidan keyin Milad kelib yosh futbolchimizdan uzr so'rab ketdi. Lekin, baribir bu professional sportchiga xos qiliq bo'lmadi. Xyuistra yana bir bor o'yinning borishini o'zgartirib yuborishda alo darajada yurish qila olishini ko'rsatdi. Bu borada men uni SHota Arveladzedan kuchliroq murabbiy deb o'ylayapman. Har holda, "Nasaf" va "Traktor"ga qarshi juda qiyin vaziyatdan chiqib ketishni uddaladi.

Piter Xyuistra boshlang'ich tarkib tanlashda xato qildi: Alijonov. Bu xatoni esa ikkita gol o'tkazib yuborilganidan keyin to'g'riladi. Uchrashuvning anti qahramoni bo'lgan Krimec borasida esa tanlovda katta xato bo'ldi deyish to'g'ri bo'lmasa kerak. Sababi, Superligada o'ynab kelayotgan, boz ustiga jamoa sardori boshlang'ich tarkibda bo'lishi hayron qolarli jihat emasdi. Masalan, Hojiakbar yomon formada va uning asosiyda tushishi hayron qoldirdi. Lekin, Krimecni tushishi hayron qolarli qaror emas. Aksincha, malum narsa edi. SHu kuni himoyachilar qo'rqinchli xatolarni ko'paytirib yuborishdi. Bu havotirli. Bunday xatolar ustida ishlanmasa hali ko'p bor qimmatga tushishi mumkin.

Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"

Qanotlarda Rashidov va Turg'unboevga H.Erkinov va D.Xolmatov juda yaxshi o'rinbosar bo'lmoqda. Kecha golli harakatni amalga oshirmagan bo'lsa-da, "Neftchi" afsonasi Akmal Xolmatovning o'g'li Diyor juda yaxshi taassurot qoldirdi. Tezlik va texnika zo'r. O'z ustida ishlashda davom etsa Hojimat ikkisi yaqin kelajakda "Paxtakor" qanotlarini "yondirishadi".

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика