SHanba kuni Toshkentda Mehribonlik uyi va internat bolalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tadi
26 sen 2018 15:23
Yangiliklar
SHanba kuni Toshkentda Mehribonlik uyi va internat bolalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tadi
"Stan Blije" va "Vremya CHudes" tashabbuskor guruhlari "MUSTANG" AYOQSH hamda O'zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" hamkorligida Toshkent va Toshkent viloyati mehribonlik uylari hamda maktab-internat tarbiyalanuvchilari o'rtasida xayriya futbol musobaqasini o'tkazadi. Bu tadbirning bosh maqsadi Respublika yoshlari o'rtasida sportni ommalashtirish va har bir inson bolalarga mehr ulasha olishini isbotlash. Tadbirning shiori "Stan blije" ("Yaqinroq bo'ling")!
Barcha-barchani ushbu musobaqa taklif qilib olamiz.
Musobaqa sanasi: 29 sentyabr, 2018 (shanba). 10:00-17:00.
O'tkazilish joyi: «Obod» stadioni («Artel» zavodi yonida, mo'ljal «Ashxobod» saylgohi)
Musobaqa ishtirokchilari: Toshkent va Toshkent viloyati mehribonlik uylarining 120 nafar tarbiyalanuvchilari.
Fikrlar