So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Металлург" 2, "Нефтчи", "Насаф" ва ОКМК 1 нафардан йўқотишга эга  0 15:51Футзал. Жаҳон чемпионати иштирокчиларининг асосий "қуроллари"  1 15:35"Ливерпуль" ҳимоячисини "Брентфорд"га сотишдан 25 млн фунт фойда қилди  0 15:11Расман: Илкай Гюндоган "Манчестер Сити"га қайтди!  1 14:52"Челси" 7 нафар футболчисига чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  0 14:25МЮ тарбияланувчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:01Ўзбекистон терма жамоаси мураббийи Испания клуби билан шартнома имзолади  4 13:40Конференциялар лигаси. "Челси" - "Серветт", "Барселона"дан ҳарид қилинган ўйинчи 99%лик вазиятдан гол ура олмади  4 13:28"Ал Насср"да молиявий муаммолар пайдо бўлди. Клуб Роналдудан бу ҳақда оғиз очмасликни сўраган  9 12:57"Ливерпуль" хавбеки "Зальцбург"га йўл олди  8 12:28"Астон Вилла" "Челси"га керак бўлмай қолган Стерлингни олиб келмоқчи  4 12:00Суперлига 17-турига расмийлар тайинланди: "Насаф" – "Андижон" ўйинида Нажафалиев, "Сўғдиёна" – "Пахтакор" баҳсида Норсафаров ишлайди  6 11:31Хитойнинг Shineray SWM бренди "Пахтакор"нинг "олтин" ҳомийсига айланди  6 11:12МЮ 50 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  2 11:01"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Жамолиддинов Муҳаммадали  1

SHamshod Sarikov - Mo'minjonov, Turg'unboev va sotqin haqida Yangiliklar

SHamshod Sarikov - Mo'minjonov, Turg'unboev va sotqin haqida

“Navbahor” azolari bu yil ancha astoydil bo'ladigan ko'rinishadi. Negaki, o'tgan chempionatda egallagan 3-o'rin bilan cheklanib qolmay, yanada yuksak marralarni zabt etishni ko'zlayotganliklari shubhasiz.

Mazkur yo'nalishda qishki transfer bozorida ham faolliklari bilan ajralib turishibdi. Klub rahbarining deyarli har kuni qaysidir futbolchi bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqdamiz. Hozirda Namanganda shug'ullanayotgan klub azolari pro-ligada to'p surishi tobora oydinlashib borayotgan SHahrixonning “Rash-Milk” jamoasi bilan  Namangan shahridagi “Dinamo” stadionida nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushishdi. Qor ostida kechgan o'yinni kuzatish davomida SHamshod Sarikovdan ayrim yangiliklarga oydinlik kiritib oldik.

- Yakuniga etgan chempionatda “Navbahor”ning 3-o'rinni egallashi klub sifatida yanada takomillashishinglar uchun turtki vazifasini o'tab bergan ko'rinadi. Hech ikkilanmay, yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashadigan jamoalar qatoriga qo'shsak o'rinli bo'larmikin?


- Bor kuchlarini berib harakat qilgan va bugungi kunda safimizni tark etgan bir qator futbolchilarga minnatdorchiligimni izhor etib qolmoqchiman. Dilshod Jabborov, Ayubxon No'monov, Ilhom Boydedaev va yangi mavsumga OKMK tarkibida tayyorgarlik ko'rayotgan Akbar To'raevlarga. Hozirgi kunda biz bilan birga bo'lmasalar-da, amalga oshirgan mehnatlarini qadrlaymiz. 3-o'ringa yaxshi natija sifatida qarash mumkindir. Sababi, uzoq yillardan buyon yuqori o'rinlardan biriga chiqish nasib etmayotgandi. Ammo talabchan, doim maksimallikka intiladigan viloyat rahbarini qoniqtirmaganligi aniq. CHempionlikni ko'zlaganimiz uchun natijadan o'zimiz ham ortiqcha quvonib ketmaganimizni takidlashim joiz. O'tgan yilgi yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan holda, harakat qilib ish tashkil etishimiz zarurligini tushunib turibmiz. Avvalgi bosh murabbiyga ortiqcha ishonib yuborganimizni mana endi tushunib turibmiz. Qing'ir yo'llarga kirishni o'ziga ep ko'rmaydigan mutaxassis izlab, niyatimizga erishdik, deb o'ylayman. Sababi, hozirgi kunda jamoani boshqarayotgan rossiyalik murabbiydan ko'nglimiz to'q. O'tgan yili sizga bergan intervyuimda Ilhom Mo'minjonovni to'liq qo'llab-quvvatlashimizni bildirgandim. U esa barini suistemol qildi. Yangi chempionatda faqat oltin medallar uchun kurashmoqchi ekanimizni takidlayman.

- Kanchelskisning ham qanday saviyadagi murabbiy ekanligini ozmi-ko'pmi bilib oldinglar. CHempionlik uchun kurashadigan tarkibni shakllantirishga layoqati etarmikin?


- Jamoani chempionat yakunlanishiga etti tur qolganda qabul qilib olgandi. O'yin tomondan ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlandi. Raqib darvozasi oldida qulay vaziyatlarni yaratish miqdori ortdi. Faqat yakunning muvaffaqiyatli chiqmaganligi, boshqa masala. Yaqinda aytib berishdi, oxirgi 12 yil ichida “Paxtakor” bilan safardagi o'yinda umuman ochko olishga erishmayotgan ekanmiz. Mo'minjonov nazariy tarafdan ham kuchli emasligini ko'rsatib qo'ygandi. SHogirdlariga beradigan ko'rsatmalari borasida solishtirganda, Kanchelkisning bir qator ustun jihatlarini anglab olish qiyin emas. Murabbiy shogirdlaridan nimani xohlayotganini birinchi galda o'zi tushunib etishi kerak. Hammasini qog'ozga chizib, ko'rsatib bermoqda. Muammoli vaziyatlardan chiqib ketishni imkon qadar echimini birgalikda topishmoqda.

- CHempionlikni ko'zlayotgan jamoa safini ham asta-sekin yaxshi ijrochilar hisobiga to'ldirib bormoqda...


- Ha, bu tomondan olib borayotgan harakatlarimiz chakki emas. Yangi ijrochilarni jalb qilish borasida katta hajmdagi ishlarni olib boryapmiz. Yaqinda Slavko Lukich bilan shartnoma imzoladik. Aleksandr Kasyan ham to'laqonli jamoamiz azosiga aylandi. SHartnoma tuzishdan avval har birining maydondagi xatti-harakatlari obdon o'rganilib, murabbiylarning tavsiyasi asosiy o'ringa chiqdi. Darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy sifatida Pavel Sinelnikovni jalb qildik. Ancha yillar mobaynida “Mashal”da faoliyat yuritgan murabbiy. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Etibor bering, asosiy kamchiliklarimizdan biri, keyingi yillarda mahalliy futbol maktablaridan iqtidorli darvozabonlar etishib chiqmayapti. Mana shu Namangan futbolining jiddiy kamchiliklaridan biridir. Yaqin kunlar ichida murabbiylar tarkibi ham kuchaytiriladi.  

- Qaysi mutaxassisni taklif etayotganinglarni bilsak bo'ladimi?


- Dastlab shartnoma imzolaylik, keyin nomini elon qilamiz. Ancha taniqli va malakali murabbiy ekanligini qo'shimcha qilishim mumkin.

- Qishki selekciyalar jarayonida eng faollardan birisizlar. Ammo bizni o'yga toldirayotgan tomoni, o'zbekistonlik futbolchilar bilan bog'liq masaladir. Yangi ijrochilarni jalb qilishda kimlarning tavsiyasidan kelib chiqib ish tutyapsizlar? Axir Andrey Kanchelkis ko'p o'yinchilarni tanishi uchun hali fursati bo'lgani yo'q-ku!


- Kanchelskis etib kelganidayoq, oktyabr oyida Superligadagi barcha jamoalar haqida videorolik tayyorlab berishimizni so'ragan va biz buni taqdim etganmiz. CHempionatdagi juda ko'plab uchrashuvlarning videoyozuvlarini kuzatib chiqqan. SHularning ichidan tanlab, 40 nafar futbolchining ro'yxatini tuzib bergan va aynan shular bilan muzokara olib borishimizni vazifa qilib qo'ygan. Mavsum yakuniga etib, uyga ketayotgan chog'ida ro'yxatdagi futbolchi bilan gaplashib ko'rishimizni takidlagandi. Mana shu o'yinchilar bilan muzokaraga kirishganmiz. Ularni erinmasdan toifalarga ajratib chiqqan. Yordamchisi Belenkovning ham jarayonda faolligi namoyon bo'ldi. Aytgancha, nomzodlarni qog'ozga tushirish bilangina cheklanmay, bugungi kundagi holatlarini surishtirishimizni so'ragan. Yani, kimning qancha yillik avvalgi jamoasi bilan shartnomasini aniqlashtirishimiz talab etilardi. Avval surishtirib, keyin ishga kirishildi. O'zimizdan-o'zimiz to'g'ri kelgan ijrochilar bilan muzokaralarga kirishganimiz yo'q. Nomzodga to'xtalishdan avval murabbiylar shtabidagi barcha insonlar bilan fikr almashilib, yakuniy qarorga kelingan.



- Klub uchun yana bir yangicha uslub: yani, endilikda taklif etilayotgan futbolchilar bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma imzolanayotganidir. Avvalgi kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqargan ko'rinasizlar.


- Xuddi shunday. Qaytarishga majburman, o'tgan yili bir qator ishlarda kamchiliklarimiz borligi ko'zga tashlanib qoldi. Ayniqsa, bosh murabbiyimiz bazi jabhalarda vijdonsizlarcha yo'l tutgani, oxir-oqibat ziyonimizga xizmat qildi. O'zi taklif etgan aksariyat futbolchilar bilan olti oy yoki bir yillik muddatli shartnomaga imzo chektirgan. Hammasini oldindan ko'ra bilgani sezilib turibdi. Mabodo “Navbahor”dan ketsa, ortidan qolganlarni ergashtirishni rejalashtirib qo'yganligi shundoq namoyon bo'ldi. Aziz Turg'unboev masalasida ham chigalliklar bo'lganini butun futbol jamoatchiligi eshitdi. Yaxshiki, yakun biz uchun ijobiy chiqdi. Lekin o'zi boshqarayotgan jamoa safidagi futbolchini boshqa jamoaga etaklab olib borib, shartnoma imzolatganini qabul qilish qiyin. Har bir murabbiy o'z haddini bilishi kerak. Bunday vaziyatni xoinlikka qiyoslash mumkin. “Paxtakor” bilan asta-sekin jiddiy raqobatga kirisha boshlagan bo'lsag-u, etakchi futbolchilarimizni ularning tarkibiga qo'yib yuborilishi hech mantiqqa to'g'ri kelmaydigan ishdir. Murabbiylar shtabi bilan kengashgan holda kelajagi porloq deb qaralgan futbolchilar bilan kamida uch yil muddatga mo'ljallangan bitim tuzish haqida qarorga kelindi. Ikki nafar hali 18 yoshga to'lmagan yoshlarimiz bilan besh yilga mo'ljallangan bitim tuzildi. SHu tariqa safimizni tark etgan futbolchilar o'rniga mahalliy iqtidorlarni jalb qilib boraveramiz. Futbolga yaqinda kirib kelgan insonman. Ikir-chikirlarini to'liq tushunavermayman. Olti oy yoki bir yilga mo'ljallangan shartnomalar futbolda bo'lishini endi-endi tushuna boshladim.

- Futbol ichidagi yangi rahbarlardansiz va bunga o'xshash holatlarga kam duch kelgansiz. Qaysidir nomi chiqqan o'yinchi bilan muzokara olib borib, kelishuvga erishdingiz, deylik. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, ushbu futbolchining boshqa jamoaga o'tganini eshitib qolsangiz, o'zingizni qanday his qilasiz? Axir hammasini kelishib bo'lgandinglar...

- Darhaqiqat, siz aytgandek voqea yaqinda bir futbolchi bilan olib borgan muzokaramizdan so'ng ro'y berdi.

- “Navbahor”ga o'tishga vada bergan va keyinchalik OKMK safida paydo bo'lgan Sanat SHixovni nazarda tutyapsizmi?


- Yo'q. Sanatga nisbatan etirozim kamroq. CHunki o'zi bilan suhbatlashganimizda ayrim masalalarni inobatga olishimiz darkorligini tushuntirgandi.”Navbahor”ga aniq o'taman deb vada ham bermagandi. Bunga sabab qilib, ayrim omillarni vaj qilib ko'rsatgandi. Oldimga kelib, vaziyatni tushuntirdi va keyin Olmaliq klubiga o'tdi. Men hikoya qilmoqchi bo'layotgan futbolchi Namangan viloyatidan. Barcha masalalarda kelishib, qo'l tashlashdik. Jamoaga o'tishi deyarli hal qilingandi. Afsuski, oradan hech qancha fursat o'tmay, boshqa jamoaning mashg'ulotlariga qo'shilganini eshitib qoldik. O'sha borib qo'shilgan “Metallurg” rahbarlari bilan uchrashganda, voqeani aytib berdim. Vadaga vafo qilmaydigan bola ekanligini tushuntirib, ertaga ularga ham pand berib qo'yishi mumkinligini tushuntirdim. Ikki tomonlama “o'yin” olib borish yigit kishiga yarashmasa kerak. Balki futbolda yangiligim uchun bunga o'xshash holatlarni hazm qilishim qiyin kechayotgandir. Bundaylarni xalq tili bilan aytganda, sotqin deb hisoblashadi. O'ziga ham tushuntirdik. Ko'pchilikning ko'nglidan qolib ketdi. Ertaga tekinga o'ynayman, deya yonimizga yalinib kelsin, olmasligimiz aniq. Axir lafzida turmaydigan inson bilan yana qanday birgalikda faoliyat yuritish mumkin. Biz oddiy klub bo'lmay qolganmiz. Oldimizga yuksak maqsadlar qo'ymoqdamiz.

- Qishki selekciya jarayonidagi eng katta yutug'inglar, jamoa etakchisi Aziz Turg'unboevning olib qolishga erishilganidir. Biroq voqealar rivoji ancha chigal kechganini eslash joizdir.


- “Paxtakor”ning asl xo'jayinlari mazkur transferda futbolchining insoniylik xislatlari asosiy o'rinda turishiga jiddiy qarashdi. Bu tomondan tutgan yo'llarini olqishlash kerak. Biz singari sohaga endi-endi kirib kelayotganlar shunga o'xshash vaziyatlarni tushunib borishimiz uchun vaqt kerak bo'ladi, shekilli. “SHerlar” klubi rahbariyatiga vaziyatni tushuntirganimda, barisini to'g'ri qabul qilishdi. O'z jamoasida to'p surayotgan etakchi futbolchini boshqasiga olib borib shartnoma tuzdirishi, insoniylikning jirkanch ko'rinishi bo'lsa kerak. Eng muhimi, “Paxtakor” rahbariyati bizning holatimizni to'g'ri tushunishdi. Ahvolni o'rganishib, bunday o'yinchi bizga kerak emas, degan qarorga kelishdi. CHunki qalbi toza, to'g'ri insonlar o'tirishibdi. Qing'irliklarni bilishmaydi. Jafar Irismetov bilan Mo'minjonov o'zaro kelishgan holda ish bitirganliklari keyinchalik oydinlashdi.

- Har bir transfer o'z-o'zidan amalga oshib qolmaydi. Kerakli ijrochilarni jalb qilishga klubning moliyaviy imkoniyatlari etarlimi?


- “Navbahor”ning doimiy homiylari bor. Katta yordam berayotganliklarini hech ikkilanmay ayta olaman. Jamoaning oldiga qo'yilgan vazifani bari teran anglamoqda. Yordam qo'lini cho'zishga tayyor, futbolni yoqtiradigan tadbirkorlar ko'pchilikni tashkil etishadi. Alohida maxsus hisob raqami ochilgan. Katta miqdorda moliyaviy ko'mak bilan amaliy yordamlarini berishadi. Hech kim majburiy tarzda pul o'tkazayotgani yo'q. Maxsus hisob raqamimiz xohlovchilar uchun. Baribir viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevichning ko'magi, futbolga bo'lgan qiziqishi asosiy o'rinda turibdi.

- Yangi mavsum boshlangunga qadar jamoaning rejalari qanday?


- Yanvarning 20 yoki 21-sanasida jamoa azolari Qrimga yo'l olishadi. 10 kun davomida puxta tayyorgarlik ko'rishib, 2 ta nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushishadi. Raqiblarimizdan biri Simferopolning “Tavriya”si bo'ladi. O'quv-mashg'ulot yig'inlarining navbatdagi bosqichini Antaliyada o'tkazish haqida bir qarorga kelganmiz. Hozir muzokaralar jarayonidamiz. Ayrim detallarga oydinlik kiritish qoldi, xolos. Fevral oyi oxirida Namanganga qaytishadi va chempionatning dastlabki turiga qadar tayyorgarlik davom ettiriladi. SHular jarayonida selekciya ishlari ham to'xtab qolmaydi. Yana ikki nafar malakali legioner futbolchilar safimizga kelib qo'shilishi ko'zda tutilgan. Hozir ularning nomini aytmay turaman. Xullas, yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rib, bu yil namanganlik futbolsevarlarni yanada xushnud etamiz, degan niyatimizni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li suhbatlashdi.



Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика