So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  7 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  3 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  31 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

"SHALKE" - "REAL" 1:6 Yangiliklar

"SHALKE" - "REAL" 1:6

Ushbu sahifa orqali "SHalke" - "Real" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib borish mumkin.
                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                              YANGILASH


-Xizmatinggizda SHahboz Beg'amov bo'ldi. Ajoyib futbol o'yinlarida g'oyiboni ko'rishguncha sog'-salomat bo'ling! Omad Sizlarni aslo tark etmasin! 

- "Real" muxlislarini ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz! Karlo Anchelotti jamoasi chorak final yo'llanmasini deyarli naqd qildi va mehmondan ajoyib g'alaba bilan Madridga qaytmoqda. 

90+3 daqiqa. Uchrashuv tugadi. "SHalke" - "Real" 1:6. 

90+1 daqiqa. Nihoyat mezbonlar o'z niyatlariga erishishdi. Klass-Yan Xuntelar Kasilyas darvozasiga  juda chiroyli gol kiritdi.

90-daqiqa. O'yinga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90-daqiqa. Goll! Xuntelar! 1:6! CHiroyli gol!

90-daqiqa. Ronaldo himoyachi va darvozabonni ortda qoldirib, o'yindagi oltinchi va o'zining ikkinchi golini kiritmoqda.

89-daqiqa. Gol! Ronaldo! 0:6!

88-daqiqa. "SHalke" ikkinchi bo'limni ham  himoyalanib o'tkazishga majbur bo'lmoqda.

86-daqiqa. "Real"da yana imkoniyat bo'lgan edi. Lekin bu vaziyatda yon hakam Benzemani o'yindan tashqari holatda deb hisobladi va bayroqchasini ko'tardi.

84-daqiqa. "SHalke" muxlislari o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda. Ular o'z suyuklilarini og'ir vaziyatda yolg'izlatib qo'yishmayapti. Qoyil!

83-daqiqa. O'yin taqdiri hal bo'lgan. Jamoalar tezroq o'yin tugashini istab maydonda to'p tepishmoqda.

82-daqiqa. Bugungi o'yinda "dubl" qayd etgan Garet Beyl maydonni tark etmoqda. Karlo Anchelotti uning o'rniga bugun o'zining tug'ilgan kunini nishonlayotgan yosh iqtidor sohibi Xeseni maydonga tushirdi.

80-daqiqa. "SHalke" hech bo'lmasa bir donagina gol kiritish ilinjida hujumga otlanmoqda. Lekin bu kam sonli hujumlar samarasiz yakunlanmoqda.

78-daqiqa. Jamoalar bosh murabbiyi navbat bilan tarkibda bir qator o'zgarishlar qilishdi. 

76-daqiqa. Kolashinac jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lmoqda. Fuks qolgan daqiqalarda uning o'rnida harakat qiladi.

74-daqiqa. Alonso maydondagi o'rnini Ilyaramendiga bo'shatib bermoqda.

73-daqiqa. Mezbonlar tarkibida bugun ko'p mehnat qilgan Farfan maydonni tark etdi. Uning o'rniga Obasi maydonga tushdi.

72-daqiqa. Xuntelar hakam tomonidan sariq bilan siylandi.

70-daqiqa. Serxio Ramosning ajoyib pasidan so'ng, Garet Beyl o'yindagi o'zining ikkinchi golini yo'lladi va hisobni qo'rqinchli 0:5 ga keltirdi. 

69-daqiqa. Goool! Beyl! 0:5!

67-daqiqa. "Real" tarkibida o'zgarish ruy bermoqda. Isko qolgan daqiqalarda Di Mariyani o'rnida harakat qiladi.

65-daqiqa. Farfan qarshi hujumda "Real"ni jazolashi mumkin edi. Lekin Alonso ushbu vaziyatda xavfni bartaraf etdi.

63-daqiqa. "Real" burchak to'pi tepdi. Bu vaziyatda "SHalke" himoyachilari to'pni jarima maydonchalari ichidan uzoqlashtira olishdi.

62-daqiqa. Xevedes hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

61-daqiqa. Bugun "SHalke" juda sekin futbol o'ynamoqda. 

59-daqiqa. Mezbonlar tarkibida ilk o'zgarish: Boateng o'rniga Gorecka maydonga tushdi.

58-daqiqa. "Real" chorak final masalasini hal etmoqda.

57-daqiqa. Gol! Benzema va hisob 0:4!

55-daqiqa. Mezbonlarning kam sonli hujumlaridan biri. Lekin tezlik etishmayapti.

54-daqiqa. "SHalke" himoyasi bugun himoyalanishni unutib qo'ygan chog'i? "Real" ortiqcha qiyinchiliksiz raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirmoqda.

53-daqiqa. Ronaldo o'z maqsadiga erishdi. Jarima maydonchasi ichidan chap oyog'i bilan kuchli zarba yo'lladi va hisobni yiriklashtirdi.

52-daqiqa. Gol! Ronaldo! Hisob 0:3.

50-daqiqa. "SHalke" ushbu standart vaziyatdan samarali tarzda foydalana olmadi. 

49-daqiqa. Farfan yana faollik ko'rsatmoqda. "Real" himoyachisi Ramos Farfanni to'xtatib qoldi. Xovard Uebb esa bu vaziyatda qoida buzildi deb topdi.

47-daqiqa. "SHalke" hujumlarni boshladi. Boatengning kuchli zarbasini Iker Kasilyas qaytarib qoldi. Zarba xavfli chiqdi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

-Birinchi bo'limdagi vaziyat. To'p bilan muomalada bo'lish: "SHalke" 41% - 59% "Real".

-Aniqlik kiritib o'taman, birinchi bo'limda faqatgina "Real" yarim himoyachisi Di Mariya hakam tomonidan ogohlantirildi. "SHalke" azosi Noyshtedter aktivida sariq kartochka yo'q.

- Birinchi bo'limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan jamoalar foydalanishganida, hisob 2:5 ko'rinishga kelishi mumkin edi. Ronaldo bugun faol. Ammo uning zarbalariga bazida aniqlik etishmayotgan bo'lsa, bazan Fermann ishonchli harakat qilmoqda. 

45+1 daqiqa. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 0:2 "Real" oldinda. Tanaffus!

45+1 daqiqa. Birinchi bo'limga bir daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45-daqiqa. Benzemada imkoniyat bo'lgandi. Franciyalik hujumchining zarbasiga aniqlik etishmadi.

44-daqiqa. "SHalke" to'pni o'z nazoratiga olishga erishdi. O'ng qanotdan hujum tashkil etishmoqchi bo'lishdi, ammo bu vaziyatda madridliklar himoyasi ishonchli harakat qildi. 

42-daqiqa. "SHalke" hujum qilishga intilmoqda. Lekin bugun ularga tezkorlik etishmayapti. 

40-daqiqa. Ronaldoni tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

39-daqiqa. Ronaldoga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Jarima to'pi. To'p oldida Ronaldo.

37-daqiqa. Ronaldo raqib darvozasiga xavf solishda davom etmoqda. Lekin portugaliyalik ushbu futbolchi hozircha gol ura olmayapti.

36-daqiqa. Farfan! Ushbu futbolchi bugun "SHalke" tarkibida eng faol harakat qilayotganlardan biri. Farfanning zarbasi hozir noaniq ketdi. 

35-daqiqa. "Real" to'pni o'zida saqlab turibdi. Bu esa mezbonlar ishqibozlariga yoqmayapti.

33-daqiqa. Drakslerga  maydon chetida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

32-daqiqa. Ronaldoni zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. "Real" hisobni yiriklashtirishi mumkin edi.

30-daqiqa. Di Mariyani ham Xovard Uebb ogohlantirganini  translyaciya rejissyorlari ko'rsatib o'tishdi. 

29-daqiqa. "Real" burchak to'pidan samarali foydalana olmadi.

26-daqiqa. O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng mezbonlar biroz o'z o'yinlarini yo'qotib qo'yishdi. Oddiy vaziyatlarda to'p yo'qotishlar davom etmoqda.

25-daqiqa. "SHalke" yarim himoyachisi Noyshtedter hakam tomonidan ogohlantirildi. 

23-daqiqa. "SHalke" hujumda yaxshi o'ynamoqda. Lekin himoyada juda ko'plab xatolarga yo'l qo'yishmoqa. Karlo Anchelotti jamoasi osonlik bilan ikkala golni kiritgani ham bunga misol bo'la oladi.

21-daqiqa. Garet Beyl baribir o'z niyatiga erishdi. Raqib futbolchilarini birin-ketin aldab o'tib, ajoyib zarba bilan "SHalke" darvozasiga ikkinchi golni yo'lladi.

20-daqiqa. Goool! Beyl!

19-daqiqa. Karvaxal "Real"ning o'ng qanotdan uyushtirayotgan hujumini o'zining noaniq pasi bilan barbod qildi. 

18-daqiqa. Beyl qanotdan bo'ylab "reyd" uyushtirmoqchi bo'ldi. Ammo bu vaziyatda mezbonlar himoyachisi aniq harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.

17-daqiqa. "SHalke" o'tkazib yuborilgan goldan keyin bor etiborini hujumga qaratmoqda.

15-daqiqa. Xavfli vaziyat! "SHalke" "Real"ga javob qaytarmoqchi bo'ldi. Xuntelarning kuchli zarbasini Iker Kasilyas qaytarib qoldi. Hisob tezda tenglashishi mumkin edi.

14-daqiqa. Modrich boshlagan hujumni Karim Benzema o'zining aniq zarbasi bilan mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi. 

13-daqiqa. Gool! Benzema 0:1!

11-daqiqa. "SHalke"ning hujumi. Farfan o'ng qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatib berdi. Lekin "Real" himoyachilari ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etishdi.

9-daqiqa. Marselo chap qanotdan to'pni Ronaldoga etkazib bergan edi. Ammo Krishtiano bu vaziyatda to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

8-daqiqa. "Real"ning chap qanotdan uyushtirayotgan hujumi uzilib qoldi. Ronaldo bu vaziyatda to'pni raqibiga oldirib qo'ydi. 

7-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazorati ostiga olishga urinmoqda.

6-daqiqa. Bir mezbonlar, bir mehmonlar oldinga o'tishga harakat qilishmoqda. 

5-daqiqa. Bu safar Karim Benzema darvozabon bilan birga-bir chiqayotgan bir paytda yon hakam bayroqchasini ko'tarib qoldi. 

4-daqiqa. Krishtiano Ronaldo o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

3-daqiqa. "SHalke" vakillari o'yinni faollik bilan boshlashdi.

2-daqiqa. Mezbonlar ilk daqiqadanooq burchak to'pi tepishdi. Bu juda xavfli ko'rinish oldi. "SHalke" himoyachisining boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza tusini oldidan o'tib ketdi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

00:44. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay. Bir necha soniyalardan so'ng o'yinga start beriladi.

00:43. "SHalke" va "Real" futbolchilari yashil maydon sari chiqib kelishmoqda.

00:42. Jamoalar maydonga chiqishga tayyor. 

00:05. Bugungi uchrashuvni Siz aziz futbol muxlislariga SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzida sharhlab boradi. 

00:00. "SHalke" - "Real" o'yinini angliyalik hakam Xovard Uebb boshqarib boradi. Unga qanotlarda Maykl Mallarki va Darren Kenn ko'maklashishadi. 


"SHalke" - "Real" 1:6 (0:2) 
Gol: Benzema (13, 57), Beyl (20, 69), Ronaldo (52,89) Xuntelar (90).

Hakamlar: Xovard Uebb, Maykl Mallarki, Darren Kenn.
“SHalke”: Fermann, Xevedes, Matip, Santana, Kolashinac (Fuks 76), Boateng (Gorecka 59), Noyshtedter, Farfan (Obasi 72), Mayer, Draksler, Xuntelar. 

"Real": Kasilyas, Ramos, Pepe, Marselo, Karvaxal, Alonso (Ilyaramendi 73), Di Mariya (Isko 67), Beyl (Xese 81), Ronaldo, Modrich, Benzema.

Ogohlantirishlar: Di Mariya (29), Xevedes (62), Xuntelar (72).


- Jamoalar tarkibi malum!

- O'yin boshlanishiga 1 soat qolganida jamoalar tarkiblari malum bo'ladi.

- "SHalke" - "Real" uchrashuvi soat 00:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика