"SHalke" Kramerni istefoga chiqardi
19 okt 2022 16:08
Yangiliklar
Frank Kramer "SHalke" bosh murabbiyligidan ozod etildi.
Gelzenkirxenliklar barcha musobaqalardagi so'nggi to'rtta o'yinda mag'lub bo'lishdi, jumladan, "Xoffenxaym"ga ketma-ket ikki marta – chempionatda 0:3, Germaniya kubogida esa 1:5.
"SHalke" Bundesligada 10 o'yinda atigi 6 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinda, yani 17-o'rinda boryapti.
Kramer shu yilning iyun oyida "SHalke" boshqaruviga kelgandi. SHunday qilib, u klubda to'rt oydan sal ko'proq vaqt ishladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar