"SHalke" klubi "Torino" va "Borussiya D"dan qolishgisi kelmadi
12 iyu 2019 23:17
Yangiliklar


"SHalke" klubi "Torino" va "Borussiya D"dan qolishgisi kelmadi
Bundesliganing 2019/20 yilgi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan SHalke quyi divizion vakili Bottrop jamoasiga qarshi to'qnash kelib, raqiblarini 20:1 hisobida taslim etishdi.
Uchrashuvda, Guido Burgshtaller geksa-trik, Stiven Skjibski esa xet-trik qayd etdi. SHuningdek, Sebastyan Rudi, Yonas Karls, Benito Raman, Amin Xarit o'z hisoblariga dubl yozib qo'yishgan bo'lsa, Jeyson CHeka, Gyorkem Jan, Axmed Kutuju bittadan gol urishdi.
Eng qizig'i, 30 daqiqada «SHalke» himoyachisi Matiya Nastasich o'z darvozasini ishg'ol etib, raqiblarga bitta javob goli sovg'a qildi.
TAS-IX emas
Qayd etish joizki, bugun Bundesliganing boshqa bir klubi «Borussiya D» ham o'rtoqlik bahsida yirik hisobda (10:0) zafar quchdi. Kecha esa «Torino» mavsumoldi uchrashuvi doirasida «FK-Bormiese»ni 18:1 natijasi bilan tor-mor etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar